T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev


Yechimlar qabul qilish haqida umumiy tushunchalar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/94
Sana03.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1741725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Tizimli yondashuv asoslari

1.2. Yechimlar qabul qilish haqida umumiy tushunchalar.
Yechimlar qabul qilishni bosqichlari
Tizimii tahlil fanining bosh maqsadi - ixtiyoriy maqsad 
yo‘naltiri!gan faoliyatning tizimliligini ko‘rsatishdan iborat. Buning 
uchun shu faoliyatni tajribasini takomillashtiradigan, umumlash- 
tiradigan modellar tizimini qurish zarur bo‘ladi.
Yechimlar qabul qilish butun faoliyatga maqsadli yo‘nalish 
beradigan harakat demakdir. Ana shu tanlovgina faoliyatni aniq bir


maqsad yoki maqsadlar to‘plamiga qaramliligini amalga oshiradi. 
Ertami-kechmi shunday vaqt keladiki, keyingi harakatlar turlicha 
bo‘lib, turlicha natijaga olib keladi va bu yerda faqatgina bitta 
harakatni amalga oshirish mumkin bo'lib qoladi. Ana shunday 
hollarda to‘g‘ri yechimlar qabul qila olish mahorati - u juda yaxshi 
sifat bo‘lib, bu har kimda har xil darajada mavjud.
Buyuk sarkardalar, kuchli siyosatchilar, olimlar va muhandislar, 
mahoratli administratorlar o‘zlarining hamkasblaridan yaxshi 
yechim qabul qila olish xislati bilan farq qiladi.
«Yaxshi tanlov» ko‘rsatmalarini ishlab chiqishga intilish, eng 
yaxshi yechimga yaqinlashish va mumkin bo‘lsa, shunday yechim 
qabul qilishga intilish bu tabiiy hoi. Bu yo'nalishdagi ko‘pgina 
mutaxassislaming 
mehnatlari 
natijasi 
yechim 
qabul 
qilish 
jarayonlarini modellashtirish uchun quyidagi xarakterli holatni 
aniqlaydi: juda yaxshi o‘rganilgan masalalar uchungina, yaxshi 
yechim qabul qilish yoMlarini topishni to‘liq ifodalash mumkin; 
hamda o‘rganilgan masalalar uchun to‘liq ifodalangan algoritmlar 
mavjud emas, lekin tajribali va qobiliyatli mutaxassislar ko‘pincha 
bu hollarda ham yaxshi yechim qabul qila oladilar.
«Yechim qabul qilish» deganda nima tushuniladi? Faraz 
qilaylik aniq maqsadga erishishga yo‘naltirilgan qandaydir tadbir 
(jarayon) qaralayotgan boMsin. Jarayonni tashkil qilayotgan shaxs 
(yoki guruh) da har doim tanlash imkoniyati mavjud boMadi. 
Tashkilotchi jarayonni u yoki bu usulda tashkil qilishi mumkin, 
masalan, texnika namunalarini tanlash yoki mavjud qurollarni 
taqsimlash va hokazo. Demak, yechim bu mumkin boMgan 
imkoniyatlar ichidan eng mos keladiganini tanlash demakdir. 
Yechimlar yaxshi yoki yomon, o‘y!ab qabul qilingan hamda 
yechimlar asoslangan va ixtiyoriy boMishi mumkin.
Yechim qabul qilish zaruriyati insonning o‘zi kabi qadimiydir. 
Qadim zamondagi odamlar ovga chiqayotib u yoki bu yechimni 
qabul qilishlari kerak boMgan. Masalan, qaysi joyga pistirma 
qo‘yish kerak? Ovchilami qanday joylashtirish kerak? Ularni 
qanday qurollantirish kerak va hokazo.
Biz siz bilan har kungi hayotimizda o‘zimiz sezmagan holda har 
qadamda yechim qabul qilamiz. Masalan, ertalab uydan chiqishimiz 
bilan siz bilan biz ishxonaga etib borish uchun bir nechta yechimlar
10


qabul qilishimiz kerak. Qanday kiyinish kerak?, o‘zimiz bilan zont 
olishimiz kerakmi, yo‘qmi?, ko‘chani qaysi yerdan kesib o‘tishimiz 
kerak?, qanday transportlardan foydalanishimiz kerak? va hokazo.
E’tibor bilan qarasak yuqoridagi misollarni barchasida ham 
yechim qabul qilishning matematik usullari qo‘llanilavermaydi. 
Ba’zi hollarda yechim tajribaga asoslangan holda qabul qilinadi. 
Shu bilan birga texnikani rivojlanishi bilan yechim qabul qilishda 
matematik usullami qoMlanish doirasi kengayib bormoqda. Bunday 
usullar har xil texnik jarayonlami loyihalash, boshqarish va nazorat 
qilishni avtomatlashtirish va avtomatik boshqaruvni barcha 
sohalarga qoilash bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Avtomatlashgan 
tizimlami 
tashkil 
qilishda 
matematik 
modellashtirish usullaridan foydalanilgan holda ko‘rilayotgan 
obyektlami va jarayonlami modellashtirish masalasi birinchi galda 
yechiladigan masala hisoblanadi. Masalan, kichik aerodromni ishini 
bitta tajribali dispetcher ta’minlashi mumkin. Katta aeroportni ishini 
boshqarish aniq algoritm asosida ishlovchi avtomatik boshqaruv 
tizimini talab qiladi. Bunday algoritmni ishlab chiqish albatta, 
avvaldan qilingan hisob-kitoblarga tayanadi.
Faraz qilaylik, qandaydir jarayon berilgan bo‘lsin. Uning 
muvaffaqiyati uchun biz qandaydir darajada, qandaydir yo‘l bilan x 
yechimni qabul qilib (eslatamiz, x- son emas, balki parametrlaming 
guruhi) ta’sir qilishimiz mumkin. Faraz qilaylik, modelni foydaliligi 
bitta ko‘rsatkich W> max bilan xarakterlansin.
Endi eng sodda holni olib ko‘ramiz. Bu holda modelni barcha 
shartlari avvaldan to‘liq aniqlangan, ya’ni noaniqlik yo‘q.
U holda modelni muvaffaqiyati uchun bogMiq bo‘lgan barcha 
faktorlar ikki guruhga boiinadi:
1. avvaldan berilgan va aniqlangan faktorlar, ya’ni modeldagi 
bajarish uchun kerak bo‘lgan shartlarni  harfi bilan belgilaymiz;
2. masalani yechish uchun bizga bog‘liq bo‘lgan X yechimlar 
to‘plamini hosil qilish.
Birinchi guruh faktorlari yechimga qo‘yiladigan shartlarni ham 
o‘z ichiga oladi, ya’ni x ning mumkin boMgan yechimlari sohasini 
aniqlaydi.
Foydali ko‘rsatkichi W ikkala guruh faktorlariga bog‘liq. Buni 
biz quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin:
11



Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling