T u shuntiri shxat I


Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklangan yuzalarini sifat nazorati


Download 0.82 Mb.
bet13/16
Sana23.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1652104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abrorbek bmi

2.5 Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklangan yuzalarini sifat nazorati
Payvand choklarda uchraydigan nuqsonlar (g’ovakliklar, chala hosil
qilingan chok, darz, g’udda va boshqalar) xilma-xildir. Ular odatda tashqi va
ichki nuqsonlarga bo‘linadi.
1.Tashqi nuqsonlar. Bularga chok eni va balandligining chzima talabiga javob
bermasligi, chalaligi, g’uddalar, darzlar, deformatsiyalanish oqibatida geometrik
shaklining o‘zgarishi va boshqalar kiradi.
2.Ichki nuqsonlar. Bularga ko‘zga ko‘rinmaydigan gaz va shlak g’ovakliklari,
darzlar, chala payvandlangan kemtik joylar va hakozolar kiradi.
Ayrim nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablari bilan tanishib chiqamiz.
a) Chok eni va balanligining chizma talabiga mos kelmasligi. Odatda
zagotovkalarni payvandlash yuzalari qoniqarli darajada tayyorlanmay
moslanmasligi, payvandlashda elektrod yoki gorelka va chokbop simning
bir tekisda yurgizilmasligi, payvandlash rejimiga rioya qilmaslik natijasida
hosil bo‘ladi.
b) Chok yonida kemtik joy payvandlash tokini oshirib yuborilganligi yoki gaz
alangasi haddan tashqari kattalashtirib yuborilganda hosil bo‘ladi
c) Chala payvandlangan joylar texnologiyaga rioya etmaslik.
d) G’ovaklarning chok vannasi hosil bo‘lishiga kristallana
boshlanayotganda unda erigan gazlarning to‘la ajralib chiqishga
ulgurmasligi, elektrod qoplamalarining namligi, gaz alangasining
noto‘g’ri rostlanganligi, payvandlash yuzalarida zang bo‘lishi va
boshqalar sabab bo‘ladi.
Kontaktli payvandlash usulida olingan payvand birikmalarning sifati butun
texnologik jarayon: payvandlashga tayyorlash, yig‘ish va konstruksiyani
payvandlash qoidalariga amal qilingandagina ta’minlanadi. Payvandlash sifati
ta’minlanishi uchun payvandlash mashinalari va yig‘ish-payvandlash moslamalari
ishini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
26Nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan
texnologik chora-tadbirlar ko‘rish hamda mahsulot sifatini yuqori darajada tutib
turish uchun texnologik jarayonning barcha bosqichlarida muntazam nazorat zarur.
Chizmalarni texnologik nazorat qilish payvand birikmalarning to‘g‘ri
joylashtirilganini va o‘lchamlarini, materialning payvandlanuvchanligini,
mashinaning ikkilamchi konturiga bemalol yaqinlashish, tanlangan qalinlikdagi
materiallarni payvandlash, shuningdek payvandlash va nazorat qilish jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish hamda avtomatlashtirish imkoniyatlarini tekshirishni
nazarda tutadi. Ishni malakali texnolog-payvandchi va buyum konstruktori olib
boradi.
Payvandlashga oid operatsiyalarni nazorat qilish yig‘ishga keltirilayotgan
detallarni nazorat qilish va payvand buyumni geometrik nazorat qilishdan iborat.
Yig‘ishga keltirilayotgan detallarni nazorat qilish ularning yuzasini,qalinligini,
materialinig markasini, detallarning o‘lchamlarini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Detallar o‘lchamlarining chetlashuvi yig‘ish va payvandlash sifatiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘plab ishlab chiqarishda detallar geometriyasini nazorat qilish uchun
nazorat moslamalari va uch kordinatali avtomatik elektron o‘lchash mashinalaridan
keng foydalaniladi. Payvand buyumning geometriyasini nazorat qilish yig‘ilib,
payvandlangandan keyin buyumni topshirishning yakuniy operatsiyasidir.
Buyumning asosiy o‘lchamlari o‘lchanadi yoki u maxsus nazorat moslamasi
yordamida nazorat qilinadi. Ayni vaqtda yakuniy operatsiyalarning payvandlanish
sifati hamda payvand birikmalarni tashqi pardozlash sifati ham nazorat qilinadi.
Tanlab nazorat qilish uch koordinatali avtomatik elektron o‘lchash mashinalarida
o‘lchash orqali amalga oshiriladi.
Yig‘ish va payvandlash moslamalarini nazorat qilish buyumning sifatini
ta’minlashdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ko‘p hollarda buyumning yakuniy
geometryasi moslamaning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Bu moslamalardagi
buyumlarni qotirib qo‘yish joylari tayanch yuzalar koordinatalarini o‘lchab nazorat
qilinadi. Murakkab moslamalarni tekshirishni tezlashtirish uchun maxsus master-
maketlardan foydalaniladi.
27Payvandlash uskunalarini nazorat qilish deganda, mashinalarni vaqt-vaqtida
attestatsiya qilish nazarda tutiladi. Bunda mashinaning asosiy texnik ma’lumotlari
tekshiriladi va mashinaning ishlatishga yaroqliligi haqida guvohnoma beriladi.
Sozlovchi va payvandchilarning malakasi payvandlash sifatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Bu toifadagi ishchilarga ularning ish razryadiga muvofiq muayyan
malaka talablari qo‘yiladi. Sozlovchi va payvandchilarning malakasi payvandlash
sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu toifadagi ishchilarga ularning ish razryadiga
muvofiq muayyan malaka talablari qo‘yiladi. Sozlovchi va payvandchilar vaqt-
vaqtida malaka sinovidan o‘tkazilib, bunda nazariy bilimlari hamda amaliy
ko‘nikmalari tekshiriladi. Tekshiruv natijalari asosida ularning mustaqil ishlashga
qo‘yilgani haqida guvohnoma beriladi.
Buzmasdan nazorat qilish. Tashqi tomondan ko‘zdan kechirish buzmasdan
nazorat qilishning eng oddiy va keng tarqalgan usulidir. Bunda ko‘pincha etalon
bilan taqqoslashdan foydalaniladi. Ko‘zdan kechirish orqali payvand birikmalar
soni va ularning joylashuvi, o‘yiqlarning o‘lchamlari va turi, tirqishlarning
kattaligi, tashqi chayqalib to‘kilishlar borligi va hokazolar tekshiriladi.
Zichlikni tekshirishda kerosin-bo‘rli namuna, siqilgan havo, gidravlik sinovlar,
sizishni izlagichlar va hokazolardan foydlaniladi. Nazorat moslamalari, universal
yoki maxsus o‘lchash usullari yordamida payvand konstruksiyaning geometrik
o‘lchamlari aniqlanadi.
Kontaktli payvandlab hosil qilingan birikmalarni tekishirish uchun nazoratning
radiatsion usullaridan kam foydalaniladi. Ushbu nazorat uslubining sezuvchanligi
1,5—2% atrofida. Shu bois ushbu usulda oksid pardalari kabi nuqsonni aniqlab
bo‘lmaydi. Mazkur usul quyma o‘zakning o‘lchamlarini aniqlashga ham imkon
bermaydi.
Ultratovush yordamida nuqsonlarni aniqlash (defektoskopiya) nazorat
qilishning zamonaviy usullaridan biridir. Ultratovush tebranishlari metallda
tarqalar ekan, nuqsonlardan qaytariladi, agar nuqsonlar o‘lchamlari ultratovush
to‘lqinlari uzunligi ortiq bo‘lmasa, albatta. 107 Hz gacha chastota bilan ishlaydigan
hozirgi zamon defektoskoplari o‘lchami 10 mkm dan kichik bo‘lmagan
2829
nuqsonlarni aniqlay oladi. Ushbu usul bilan nuqtali payvandlashdagi g‘ovaklar,
darzlar, chala payvandlangan joylar topiladi (detallar orasida tirqish bor
bo‘lganda), quyma o‘zakning o‘lchamlari aniqlanadi. Ayni usul bilan nazorat qilish
aniqligi 80—85 % atrofidadir.
Magnit yordamida nuqsonlarni aniqlashdan, asosan, uchma-uch birikmalarni
nazorat qilishda foydalaniladi. Agar detalni magnitlansa, nuqson bor joyda magnit
maydoni albatta buziladi. Buni maxsus defektoskoplar yoki magnit kukuni
yordamida aniqlanadi. Yuzadagi nuqsonlar va yuzaga yaqin turgan nuqsonlar
yaxshi aniqlanadi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling