T u shuntiri shxat I
Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklash va payvandlash uchastkasini loyixalasi
Download 0.82 Mb.
|
Abrorbek bmi
3.2 Yuklagich cho’mich tishlarini qayta tiklash va payvandlash uchastkasini loyixalasi
4.Iqtisodiy qism Hozirgi kunda respublikamizda xalq xo'jaligining sanoat ishlab chiqarishi jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunga sohaga innovatsion g'oyalarning keng joriy etilayotgani asosiy sabab bo'lmoqda. Innovatsiyaning rivojlanishi esa olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalariga bog'liq bo'ladi. Sanoat ishlab chiqarishini rivojlanishi bilan unda yangi muammolar ham yuzaga chiqaveradi. Bunga misol qilib xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnikalarning ishchi organlarini tez eyilib ishdan chiqishini ko'rsatish mumkin. Ayniqsa yo'l- qurish va tosh-tuproq qazish mashinalari ishchi organlari detallarining ish muddati tugamasdan tez eyilib ketishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqotlardan resurstejamkor texnologiyalar yaratish asosida olib borilgan bo'lib, uning natijasida ishlab chiqilgan texnologiyalar oldinga qo'yilgan vazifalarni hal qilishda mehnat, energiya va metallar sarfini kamaytirish, detallar resursini oshirish va chetdan olib kirilayotgan qimmatbaho mashina detallarini keskin qisqartirish kabi vazifalarni hal qiladi. Yuqorida takidlanganidek, tishlar, yuklagich cho'michining eng tez eyilib ishdan chiqadigan ish organi hisoblanadi. Shuning uchun ishlash jarayonida cho'mich tishlari tez-tez yangisiga yoki tiklanganlariga almashtirib turiladi. Natijada, tosh-tuproq qazishda cho'mich tishlaridan foydalanish samaradorligi pastlab ketadi va ehtiyot qismlar sarfi ortadi. Ehtiyot qismlar sarfini kamaytirishda resursi oshirilgan cho'mich tishlardan foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Ushbu iqtisodiy samaradorlik eyilib ishdan chiqqan tishlarni almashtirish uchun agregatni bekor turib qolishi va tiklangan tishlarni yangisiga nisbatan bir necha marta uzoq ishlashi hisobiga olinadi. Tishlarni resursini oshirishda payvandlab qoplab tiklash tannarxi texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Bunda tannarxni eng minimal bo'lishini ko'zda tutadi. Chunki eyilgan detallarni tiklash tannarxi texnologik jarayonni qanchalik takomillashganini ifodalovchi asosiy iqtisodiy ko'rsatkich hisoblanadi. Eyilgan detallarni payvandlab qoplash tannarxi mehnat sarfidan tashqari, yana elektroenergiya, payvandlash materiali, qo'shimcha materiallar, jihoz va binolar amortizatsiyasi kabi qator harajatlarni o'z ichiga oladi. Har bir sarf-harajat o'lchashlar, kuzatishlar va meъyoriy xujjatlar asosida aniqlanadi. Aniqlangan tannarx asosida taklif etilayotgan usulning mavjud usullarga nisbatan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Tadqiqot uslubi. Usulning maqsadga muvofiqligini aniqlash iqtisodiy samaradorlik orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorlik esa, o'z navbatida, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga joriy qilish qanday iqtisodiy ko'rsatkichni o'zgartirganligiga qarab quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi. 1. Agar texnologiyani takomillashtirish ish unumini ortishiga olib kelgan bo'lsa yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: E = (S1 + EnK1) N1 / Nkt - (S2 + EnK2), (1) bunda S1 va S2 - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi; K1 va K2 – mavjud va yangi texnologiyalar bo'yicha kapital ajratmalar; N1 va Nkt - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik hajmi; En – kapital ajratmalarning normativ koeffitsienti (En = 0,15). 2. Agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yillik hajmi o'zgarmas bo'lsa, u holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: E = [(S1 +EnK1) – (S2 +EnK2)] Nkt , (2) 3. Agar yangi texnologik jarayon mavjud texnologiyaga nisbatan mahsulot sifatini ortishini taъminlasa (masalan, mashinaning resursini), u holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: E = [(C1 + EnK1)T2/T1 – (S2 + EnK2)] Nkt , (3) bunda T1 va T2 - mavjud va yangi texnologiya bo'yicha ishlab chiqarilgan yuklagich cho'mich tishining resursi. 4. Agar yangi texnologiya kapital ajratmalarni ortishiga olib kelmasa, u holda yillik iqtisodiy samaradorlik mahsulot tannarxini kamayishi orqali topiladi: E = (S1-S2) Nkt , (4) 5. Agar yangi texnologiya ishdan chiqqan detalni qayta tiklashni ko'zda tutgan bo'lib, u sotib olinadigan ehtiyot qism o'rniga ishlatilsa va shu bilan birga mashinaning xizmat muddatini ortishiga olib kelsa, u holda yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: E = [(Sya Kya)T2/T1 - (S2 + EnK2)] Nkt , (5) bunda Sya - sotib olingan ehtiyot qismning tannarxi; Kya – detalni sotib olib kelishga ketadigan qo'shimcha harajatlar. Yuqoridagi hisoblash formulalari texnologik jarayonlarni o'zgartirishning asosiy variantlarini hisobga oladi. Ushbu ishda ishlab chiqilgan texnologiya noyob va qimmatbaho ehtiyot qismlar sarfini kamaytiradi va ularning resursini oshiradi. Shuning uchun eyilgan detallarni kontakt payvandlash usulida shakllantirilgan kukunsimon materiallarni qo'llab qayta tiklash texnologik jarayonini ishlab chiqarishga joriy qilishda yangi ehtiyot qismga nisbatan yillik iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz: E = [(Sya · Kya)T2/T1 - (S2 + En · K2)] · Nkt , (6) bunda Sya - sotib olingan ehtiyot qismning tannarxi; Kya – ehtiyot qismni sotib olib ketishga ketadigan qo'shimcha harajatlar; T1 va T2 – sotib olib kelingan ehtiyot qismning va yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning xizmat muddatlari; S2 - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning tannarxi; K2 – yangi texnologiyani joriy qilish uchun qo'shimcha kapital ajratmalar; Nkt - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklanadigan detal yoki birikmalarning yillik hajmi; En – kapital ajratmalarning normativ koeffitsienti (En = 0,15). Iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda mavjud texnologiyaga nisbatan maxsulot sifati taъminlanganligi uchun (3) formuladan foydalanildi. Kapital ajratmalar payvandlab qoplash tannarxiga qo'shib hisoblanganligi sababli formula quyidagicha ifodalandi: E = (C1 · T2/T1 – S2) · Nkt , O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 15-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.01.2023 S2 - yangi texnologiya bo'yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning tannarxini hisoblashda uni metallomga topshirish narxi hisobga olinadi va u quyidagicha hisoblab topiladi: S2 = Six + Sm + Sqold + Sa + Sjor. taъm , (7) bunda Six – ish xaqi harajatlari, so'm Six = Ssix · Td · Kd · K2 , (8) bunda Ssix – ishchilarning soatlik ish xaqi, so'm Td - bitta detalni qayta tiklash uchun sarflangan vaqt, soat Kd - qo'shimcha ish xaqini hisobga oluvchi koeffitsient K2 - ish joyiga xizmat ko'rsatish koeffitsienti Sm – material sarfi, so'm; u quyidagicha aniqlanadi: Sm = Smb · Tm , bunda Smb – payvandlash materialining narxi, so'm Tm - detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg Sqold – detalning qoldiq bahosi, so'm Sa – amortizatsiya ajratmalari, so'm Amortizatsiya ajratmalari bino uchun, jihozlar uchun va jihozlarni tamirlash uchun aloxida hisoblanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling