T u shuntiri shxat I


Hayot faoliyat xavfsizligi


Download 0.82 Mb.
bet16/16
Sana23.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1652104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abrorbek bmi

Hayot faoliyat xavfsizligi
Payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora-tadbirlar operatorning elektr tokidan shikastlanishi, sachragan yoki chayqalib to‘kilgan qaynoq metallning kuydirishi, kuch yuritmasi yoki detallarni uzatish yuritmasining aylanuvchi qismlari shikast yetkazish ehtimoli borligi bilan bog‘liqdir.
Payvandlash mashinasi transformatorining ikkilamchi kuchlanishi 24 V dan oshmaydi va odam uchun xavfli emas. Payvandlash transformatorining birlamchi chulg‘ami bilan bog‘langan qismlarga tegib ketish eng xavflidir, chunki chulg‘amdagi tok odatda 220—380 V ni tashkil etadi, kondensatorli mashinalardan foydalanilganda esa to‘g‘rilagichdagi kuchlanish 1000 V ga etishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan transformatorning birlamchi chulg‘ami teshilishi yoki ikkilamchi o‘ramga tutashib qolishi mumkin. Shu bois mashinaning ikkilamchi konturi va boshqarish qutisi ishonchli tarzda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simning kesimi ochiq usulda o‘tkazish uchun 4 mm2 dan va yopiq usulda o‘tkazish uchun 5 mm2 dan kichik bo‘lmasligi lozim.
Barcha boshqaruv qismlari — tugmalar, tepkilar (pedallar) va b. odatda 36 V dan oshmaydigan kuchlanish bilan ta’minlanadi. Ish vaqtida mashina va boshqarish qutisining eshikchalari yopiq bo‘lmog‘i lozim. Mashinani tarmoqdan tez uzib qo‘yish uchun rubilniklar, tugmalar va boshqa uzuvchi qurilmalar qulay joyda bo‘lishi kerak. Mashina oldidagi polga quruq rezinka poyandoz to‘shalgan bo‘lishi zarur. Tegishli malakali va xavfsizlik texnikasidan yo‘l-yo‘riqlar olgan shaxslargina mashinada ishlashga qo‘yiladilar. Agar qandaydir nosozlik yuz bersa, ishni darhol to‘xtatish va bu haqda usta yoki sozlovchiga xabar bermoq darkor.
Elektrodlarni tozalash va almashtirishda, uzellarni mashina konturiga o‘rnatishda elektrod tasodifan siljib ketib qo‘lni shikastlamasligi uchun ehtiyot choralariga amal qilish zarur. Kuyishdan himoyalanish uchun payvandchida shishasi tiniq ko‘zoynak, jomakor va qo‘lqop bo‘lmog‘i kerak. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmi yaqinidagi bo‘shliq yig‘ma to‘siq bilan bekitilishi, qudratli mashinalar bilan payvandlashda esa ularning atrofi g‘ovlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
Payvandchilar quyidagi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi.
Korxona ishchilarni shaxsiy himoya vositasi bilan taminlash GOST 12.4.011-89 MXST ( mehnat xavfsizligi standartlar tizimi) “Ishlovchilarning himoyalovchi
T/R Himoya vosita nomi Foydalanish muddati
1 O’tga chidamli brezent kostyum 12 oy
2 Charm botinka 12 oy
3 Brezent qo’lqop (yarim charm ) Ishga yaroqsiz bo’lguncha
4 Ip qo’lqop 1 kun
5 Himoya ko’z oynagi Ishga yaroqsiz bo’lguncha
6 Brezent fartuk 3 oy
7 Yengcha 3 oy
8 Qishda issiq kurtka 3 oy
9 Uniforma 12 oy
Vositalari umumiy talablar va tasniflagichi” bo’yicha amalga oshiriladi.
Elektr xavfsizligi
O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 12-yil 2000-yil “ menhnatni muhofaza qilish normative hujjatlarini qayta ko’rib chiqish va ishlab chiqish” bo’yicha 267- sonli qaroriga muvofiq elektr payvandlashda xavfsizlik ishlash tartibi.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish uchun profilaktik tadbirlar muhim rol o’ynaydi. B1.ular quyidagilar:
1. Tok yuruvchi qismlarni ishonchli ixotalash.
2.Tok yuruvchi qismlarni to’sish.
3. Himoyalash maqsadida yerga ulash.
4. Himoyalash maqsadida nol sigma ulash.
5. Himoyalash maqsadida uzib qo’yish.
Himoyalovchi yerga ulash – mashinaning tok yurmaydagan, lekin tasodifan kuchlanish ostida bo’lib qolishi mumkinbo’lgan qismlarini yerga o’tkazgich orqali ulab qo’yish tushuniladi. Bunda tok ostida bo’lib qolgan mashina qismlaridan tok qarshiligi kam bo’lgan yerga o’tib ketadi.
Bunda avvaldan yerga ulab qo’yilgan nol simiga mashinalarning tok yurmaydigan qismlari o’tkazgich orqali ulanadi.
Elektr uskunalarni boshqaruvchi ishchining elektr toki urishidan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llaniladi.
1. Ixotalovchi- kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi.
2. Kuchlanish ko’rsatkichlari.
3. Ko’chma va vaqtinchalik yerga ulovchila, to’sgichlar va ogohlantiruvchi plakatlar.
4. Himoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gaz niqoblari, raspiratorlar va h.k \
5. Balandda ishlashga mo’jallangan vositalar, stremyaka narvonlar, moterna tirnoqlari, monterna kamarlari, va boshqalar.
Korxonada elektr qurilmalarini o’rnatish, ishlatish va ta’minlash ishlari amaldagi “elektr qurilmalarni o’rnatish qoidalari”, “ Iste’molchilar elektr qurilmalarinin ishlatish texnik qoidalar” va “ Iste’molchilar elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalari” asosida olib boriladi. Elektro texnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur qoidalarni mukkamal bilishlari va amaliy faoliyatda ularga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.
Ushbu qoidalarga asosan har bir korxonada elektr xavfsizligi bo’yicha IU-U guruhga ega bo’lgan muhandis- texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo’jalik bo’yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. U korxonada elektr xo’jaligining umumiy holati bo’yicha javobgar bo’lib, ishlarning yuqoridagi qoidalar talablari asosida tashkil qilinishini ta’minlashi shart.
Korxona binosida bosh energetic lavozimi bo’lgan taqdirda, elektr xo’jaligi bo’yicha javobgarlik faqat uning zimmasiga yuklatiladi.
Elektr xo’jaligi bo’yicha javobgar shaxs va muhandis-texnik ishchilari bo’magan korxona filiallari, bo’limlarida, ularning hududiy joylashganligidan qat’I nazar, elektr xo’jalik bo’yicha javobgarlik ushbu korxona bosh tashkilotning mazkur masalalar bo’yicha javobgar bo’lgan shaxsga yuklatiladi va tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Amaldagi qoidalar talablariga javob beradigan elektrotexnik xodimlari bo’lmagan korxonalarda elektr uskunalar ekspulitatsiyasi man etiladi.
Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo’lmagan kichik korxonalar, filiallari yoki bo’limlarida elektr jihozlarining ekspulitatsiyasi ixtisoslashgan eksplutatsiya qiluvchi korxonalarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlar bilan sherikchilik asosida tegishli elektrik xodimini ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Korxonalarda elektr xo’jaligi bo’yicha mas’ul shaxs quyidagilaarni taminlashi shart:
a) elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashi;
b) elektr xo’jalik qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini ta’minlovchi yangi texnik va texnologiyalarni joriy etish hamda mehnat samaradorligini oshirish;
v) elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o’tkazilishini tashkil etish va o’tkazish;
g) energetika xizmati xodimlarini o’qitish, yo’l-yo’riq berish va bilimlarni davriy sinovdan o’tkazish;
d) elektr-energiya sarfini hisobini olish;
e) himoyalovchi vositalar va yong’inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o’z vaqtida sinovdan o’tkazib turilishi;
j) o’zenergonazorat yozma ko’rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarish;
z) elektr qurilmalarda sodir bo’lgan avariya va nosozliklarni hamda elektr toki urinishidan kelib chiqqan baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirish;
i) texnik hujjatlarni yuritish, soha bo’yicha zarur yo’riqnoma va nizomlarni ishlab chiqish;
Korxonalarning elektrotexnik xodimlariga quyidagi talablar qo’yiladi;
a) 18 yoshga to’lmagan shaxslarga elektr qurilmalarda ishlash ta’qiqlanadi;
b) elektrotexnik xodimlar mayib bo’lmagan, ishlab chiqarish jarayoniga halaqit qiluvchi surunkali xastaliklarga chalinmagan bo’lishlari lozim.
Yong’inga xavfsizligi.
Elektr payvandlash ishlarini bajariladiagn yordamchi va asosiy binolar yong’in havfsizligining texnik talablariga binoan GOST12.1.004-91 “ Yong’in havfsizligi. Umumiy talablar” bo’yicha, shuningdek yong’in havfsizligi bo’yicha jihozlarga qo’yilgan talablar GOST12.1.009-83 ga muvofiq bo’lishi kerak.
Sanoat korxonalarida yong’inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong’in havflilik darajasiga qarab, korxona ma’muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong’inga xavfli bo’lsa, unda yong’inga qarshi kurash bo’limi tashkil qilinadi. Bunday bo’lim o’zining maxsus yong’inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi. Agar sanoat korxonasining yong’inga xavflilik darajasi past bo’lsa, unda yong’indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo’nalishi yong’in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtdadavlat yong’inga qarshi kurash nazoratini ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi.
Uning asosiy vazifasi sanoat korxonalarida yong’in va portlashga olib keladigan sabalarni yo’qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong’inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xoxlagan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bin ova qurilmalarniko’zdan kechirishi, xohlagan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong’in xavfsizligiga tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi, binolarda yong’in bo’lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong’inga qarshi kurash birlamchi vositalarining tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va no’rmalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.
Davlat yong’inga qarshi kurash nazorati organlari yong’in xavfsizligi qoida, no’rma va talablarini bajarmagaan va shuningdek, yong’inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto’g’ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega.
Kuyishlar.
Payvandlashda elektrod metali va shlak sachraydi; qaynoq tomchilar payvandchining ochiq terisiga tushishi yoki kiyimining tutashi va yonishiga hamda shu bilan birga kuyishlarga sabab bo’lishi mumkin. Kuyishlardan himoyalanish uchun payvandchilar maxsus kiyim, poyafzal, qo’lqoplar va bosh kiyim bi­lan ta’minlanadilar. Oson alangalanuvchan ashyolar yonida ishlaganda yong’in chiqishi mumkin. Qurilishda ishlaganda yong’in chiqish xavfini ayniqsa hisobga olish lozim. Agar payvandlash ishlari balandlikda bajarilayotgan bo’lsa, u holda pastda turgan apparat va istalgan tez alangalanuvchan materiallarni yuqoridan tushayotgan uchqunlardan himoyalash zarur. Payvandlash ishi bajarilayotgan joy yaqinida yog‘och havozalar joylashgan yoki qirindi, qipiq ko’rinishidagi chiqindilar va hokazolar bo’lgan hollarda ham juda chtiyot bo‘lish talab etiladi. Ba’zan payvandlash ishlarini bajarish uchun yong'indan muhofaza qilish bo’limining ruxsati albatta talab etiladi. Payvandlash joylarida suv, qumli quti, asboblar o‘rnatilgan shit va o‘t o‘chirgichlar bo’lishi kerak.

Mikroiqlim


Ishlab chiqarish honalarning mikroiqlim holatini me’yoriy miqdorlari GOST 12.1.005-76 “ Ish joyining havosi. Umumiy sanitar-gigenik talablar” bo’yicha o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarish tsexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi sharoitlar bilan xarakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo xarakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigik sharoitlari issiqlik nurlanishining jadalligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko’lami sifatiga ( havoning gazlar, bug’lar, chang, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligiga ) ham bog’liq.
Tsexlar ish unumdorligini oshirishda, me’yoriy iqlim sharoitlarni yaratish muhim ro’l o’ynaydi. Tsexlarda mo’tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarishda shovqin va titrash
Ish joylarida qabul qilinadigan tovush shovqinlarning darajalari GOST 12.1.003-83
“ Shovqin umumiy xavfsizlik talablari “ va SanPiN ( sanitariya qoida va meyyorlari) N. 0120-01 talablariga javob berishi kerak. Tebranishdan himoyalanish GOST 12.1.012.-90 MXST.
Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalarning mexaniq tebranishidir. Bu tebranishlar to’lqinsimon ravishda tarkalib kishi kulogiga borib yetadi va quloq pardasini bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun to’lqin ma’lum kuchga ega bo’lishi kerak. Bu kuch esa tovush to’lqining paskalda (Pa) uchlanadigan bosimi bilan belgilanadi.
Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi:
1. Sanoat shovqin.
2. Transport shovqini.
3. Maishiy shovqinlar.
Shovqin, titrash va ultra-infratovush kattik jism, gaz hamda suyuklik moddiy qismlarning mexaniq tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortik bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir qilib, keyinchalik ogir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalakit beradigan xar kanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning axvoliga yomon ta’sir kiladi, tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Insonning eshitish organi mexanik tebranishning 16-20000 Gts gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi. 15 Gts . dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000Gts dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologic ta’sir ko’rsatadi.
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funksional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uning za-rarli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo‘g‘inlarining og‘rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og‘ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPI N0067-96 berilgan.
Mashina va mexanizmlar shovqinni kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalaish, uzatmalarni to’g’ri tanlash, eyilgan detallarni o’z vaqtida almashtirish va shu kabi yo’llar orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida agrogidrodinamik shovqin hosil bo’ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida xam yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarniuyurmasimon xarakati natijasida sodir bo’lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi.
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo‘lishining asosiy sababi-o‘zgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi. Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orqali kamaytiriladi.
Har qanday dastgohda bo‘ylama yoki aylanma harakat natijasida aerodinamik, mexanik va elektromagnit shovqinlari mavjud. Bu xildagi shovqinlarni 5-10 dBl ga pasaytirish uchun tishlik o‘tkazgichlardagi oraliq, tirqishlarni barham topishi, imkoni borcha plastmassa detallarni ayniqsa o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash hamda harakatdagi qismlarni moylash kifoyadir.
Aerodinamik va elektromagnit shovqinlarni to‘sish va yutish xususiyatiga ega bo‘lgan ekran va maxsus qoplamalar ishlatiladi.Sershovqin hamda zararli binolar alohida mintaqaga joylashtirilgan holda loyihalashtirilishi va ularga yaqin binolar yoki korxonalarni sanitariya me’yorlari talabiga muvofiq masofaga joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish binolarini va yordamchi binolarni va yordamchi binolarni loyihalarini tuzayotganda kam shovqinli xonalarni iloji borcha sershovqin dastgohlar o‘rnatilgan xonalardan uzoqroq joylashtiriladi. Sershovqin binolarda ishlaydigan ishchilarni shovqindan himoya qilish uchun akustik ekranlar yoki tovush yutgich qopqoqlar, masofada turib boshqarish, bino devorlarini va shiftini tovush yutgich materiallar bilan pardozlash, tovushdan himoyalangan dam olish xonalarini tashkil qilish, tebranma yoki aylanma harakat qiluvchi qismlari mavjud dastgohlarni yumshatgich moslamalari (amortizatorlar) bo‘lgan – poydevorlarga o‘rnatilishi va boshqalar zarur tadbirlardan hisoblanadi.
Shaxsiy himoya vositalari quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi shart:
- Shovqinni sanitariya me’yori darajasi miqdorigacha kamaytirilishi kerak:
- Gaplashganda so’zlarning mohiyatini pasaytirmasligi zarur:
- Quloq pardasiga kuchli bosim berib og’riq chiqarmasligi kerak:
- Xavf-xatardan oohlantiruvchi tovushli daraklarni bo’g’masligi lozim va estetika talablariga javob berishlari shart.
SHovqinni asosiy qismi havo orqali tarqalishini hisobga olgan holda, uning yo`liga biror to`siq qo`yilsa, ma`lum miqdorda bosimi kamayadi.
Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish.
Korxona hududida xavfli va zararli omillar darajasini 12.1.005-88 GOST MXST “ Ish joylaridagi havoga umumiy sanitar-gigienik talablar”da o’rnatilgan talablarga mos kelishi belgilngan.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
Xonalardan havo almashinuvini ichki va tashqi havo bosimlari farqiga ko’ra to’siq konstruktsiyalari tirqishlari yoki deraza va eshiklar ochilishi orqali amalga oshishidir.Bu usulda Bu usulda havo almashinuvi tasodifiy omillarga, ya`ni shamol yo’nalishi va tezligi, tashqi va ichki havo haroratlariga bog’liq bo’lib, kichik hajmda amalga oshadi.
Mexanik shamollatish havo almashinishi uchun elektr energiyasidan foydalaniladi, u ventilyatorni harakatga keltiradi. Havoning o’zining o’qi yo’nalishida yoki markazdan qochma yo’nalishda xarakatga keltiradigan ventilyator turlari bor.
Mexanik shamollatish ishchi binolar ichida harorat va havo namligin i bir xil tutib turish va zarur bo’lganda shamollatish tizimining ish rejimini avtomat tarzda rostlash uchun xizmat qiladi . Ishlab chiqarish va sanitariya-gigienik me’yorlarining talablariga qarab, ichkariga haydaladigan havoni qizdirish, sovutish yoki namlash mumkin; tashqariga haydaladigan havoni esa chang va gazlardan tozalash mumkin.
Shamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo’linadi.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (3-rasm). SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo’ladi.
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling