Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet21/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

3-keys topshirig’i
Bu metall insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo’lib, uning qotishmasidan hayotning dastlabki davrlaridayoq foydalanilgan.Tabiatda bu metall kamdan-kam tug’ma holda uchraydi. Oksid holida keng tarqalgan. Konlari Vьetnam va Indoneziyada. Suv unga ta’sir yetmaydi. Uning birikmalari “susal oltin” deb atalib, yog’ochga hal berish uchun ishlatiladi. Buni qarangki u metall qishdan qo’rqadi.
Savol:
1.Insoniyatga qadimdan ma’lum bo’lgan elementlarni bilasizmi?
2.Qadimdan ma’lum bo’lgan qotishmani aniqlang?
3.Vetnam va Indoneziyada qaysi metallarning konlari uchraydi?
4.“Susal oltin” nima?
5.Qishdan qo’rqadigan metall qaysi ekanligini toping?
O’qituvchining yechimi
Qalay insoniyatga qadimdan ma’lum. Qalay va mis qotishmasi "bronza". Vetnam va Indoneziyada qalayning konlari mavjud. Qalayning (IV)-sulьfidi oltin rang sariq bo’lib, oltin hal deyiladi va yog’och buyumlarni gipsdan yasalgan haykallarni bo’yashda ishlatiladi. Qalay sovuqda qalay vabosiga uchraydi, shuning uchun uni qishdan qo’rqadigan metall deyiladi.
4-keysning bayoni
Kumush dunyoda 75% dan ortiq yo’ldosh usuli bilan qo’rg’oshin va mis sanoatida olinadi. Sof oltin olish uchun ham kumushdan tozalanadi va sof holda kumush ajratiladi. Kumush rudalar flotatsiya va gravitatsiya usuli bilan boyitilib, kontsentrat olinadi, so’ng tsianid eritmasida eritiladi.
Keys topshirig’i:
1.Kumushga boy rudalar qaysi reagentlar orqali xloridlar holiga o’tkaziladi?
2.Alyuminiy changi nima?
3. Dore metali asosida qanday hodisa sodir bo’ladi?
4. Ag2Zn2 ning hosil bo’lish jarayonini tushuntiring.
5. Kumushni kompleks birikmalari orqali kumush olish reaksiya tenglamasini yozing.
O’qituvchining yechimi.
Kumushga boy rudalar ayrim korxonalarda osh tuzi qo’shib xlorli kuydirish orqali sulьfidlar kumush xlorid holiga o’tkaziladi. TSianid eritmasidan kumushni ajratib olish uchun rux yoki alyuminiy (changi) ishlatiladi. So’ng oksidlab, tozalanadi va kumush olinadi. Qo’rg’oshin sanoatida reaktorda rux qo’shilib, kumush bilan bir­ga kimyoviy birikma hosil qiladi. Pirometallurgiya yordamida rux bug’­lantirilib, qolgan kumush tozalashga jo’natiladi. Mis sanoatida esa kumush xomaki misdan anodga, so’ng elektroliz paytida shlamga o’tadi. So’ng shlam 10000C atrofida yeritilib, selen va tellurga bug’lantirilib, mo’ridan o’tgach, suzgichlarda ushlanadi. SHuningdek, kumush rudasi asosan qo’rg’oshin rudalari bilan aralashgan holda bo’ladi. SHuning uchun tarkibida kumush bo’lgan rudalar suyuqlantirilib, usti ochiq vannalarda kislorod ta’sirida oksidlanadi. Natijada qo’rg’oshin holida suyuqlantirilgan aralashma yuzaga qalqib chiqadi, kumush esa oksidlanmay metall holida cho’kma­ga tushadi. Bundan tashqari, suyuqlantirilgan rudalarga rux ta’sir yetti­riladi. Kumush ruxda qo’rg’oshindagiga qaraganda yaxshi yerib, Ag2Zn2 holida cho’kmaga tushadi. CHo’kmani distillyatsiya qilib kumush ajratib olinadi. Sulьfidli rudalardan Ag ajratib olishda, suyuqlantirilgan massaga natriy sianid ta’sir ettirilib, hosil bo’lgan kumush kompleks birikmasini rux bilan qaytarib, metall ajratib olinadi.
AgCl + 2KCN = K[Ag(CN)2] +KCl
Ag2S+4KCN = 2K[Ag(CN)2] +K2S
Zn + 2K[Ag(CN)2] =2Ag+K2[Zn(CN)4]
Metod o’quvchilarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g’ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Har o’qituvchi keys-stadiga asoslangan o’quv topshiriqlarining puxta asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy-didaktik xarakterga ega bo’lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab etiladi:

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling