Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys topshirig’i
- O’qituvchining javobi
2-keys topshirig’i
Keys bayoni. Rangli metallar haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida metall haqida quyidagilarni yozadi: «Boshqa mamlakatlarda shunday miqdorda va tozalikda oltin beradigan kon yo’q; biroq sahro va qumliklar yo’lni qiyinlashtiradi. Qayerda oltin bo’lsa o’sha yerda kumush ham bor». Keys topshirig’i: Keltirilgan rasmlar asosida metallarni kimyoviy ishlab chiqarishda, inson organizmida va uy-ro’zg’or buyumlarida ishlatilishi haqida ma’lumot bering.
O’qituvchining javobi: O’rta asrlarda eng yirik oltin va kumush qazib olinadigan joy Toshkent vohasida joylashgan. Markaziy Osiyo SHarqning metallar ajratib olish, mahsulot hamda tangalar ishlab chiqaradigan yirik markazlaridan bo’lgan. Qadimgi Sug’diyona va Baqtriyaning aholisi yuqori madaniyatli bo’lib, metallar yeritish sirlari, zargarlik hunarlarini bilar va shug’ullanar yedilar. Oltin juda ham qadimdan Amudaryo va Zarafshon oraliqida keng ishlatilar yedi. Zarafshon daryosining nomi o’zi tarjima qilganda «oltinli – oltin tashuvchi» ma’nosini beradi. Qadimda oltin, kumush, mis, qalay, qo’rshoshin, rux (latunь ko’rinishida), temir, platina, simob, surьma, mishьyak kabi o’n bir metall ma’lum bo’lgan. XVIII asr oxiriga kelib ularning soni 20 taga, XIX asr oxirida 50 taga yetdi. Hozirgi vaqtda 80 ga yaqin metall ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Metallurgiya deb, ruda va boshqa turdagi metall tarkibli materiallardan metall olish jarayonlarini o’zida qamrab olgan fan, texnika va sanoat tarmog’iga aytiladi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti olimlari, O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU), O’zbekiston madaniyatshunoslik instituti xodimlari tomonidan metallar va ularning manbalari bo’yicha mukammal tadqiqotlar yaratildi. M. N. Bubnovaning fikricha, I–II asrga kelib, O’rta Osiyoda foydali qazilmalardan foydalanish o’zining yeng yuqori ravnaqiga ko’tarilgan. Kumushning kollargol (70 % gacha kumush bor) va protargol (8,3 % gacha kumush) degan dorivor turlari mavjud. Kumush nitrat juda zaharli bo’lib, tibbiyotda tashqaridan eroziya, yara, traxoma va boshqa teri kasalliklarida buyuriladi. Odam organizmida kumushga eng boy miya hisoblanadi. Bir sutkada odam organizmiga 0,1 mg atrofida kumush kiradi. Kumush ko’proq tuxum sarig’ida aniqlangan (100 g da 0,2 mg kumush). Oltin birikmalari organizmning chidamliligini oshirishi ma’lum. Tajribalardan oltin birikmalarining sil kasalligi chaqiruvchilariga faolligi ma’lum bo’lgan. Krizanol [Au-S-CN2-CN-OH-CN2SO3]2Ca volchanka, sil va moxov kasalligida samarali dori vositasi sifatida foydalaniladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling