Tabiiy fanlar fakulteti


Download 407.61 Kb.
bet3/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
#127647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KO'M Kurs ishi(Musajonova)

Asoslar


Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(OH)n . Me metal atomi, n- metallning valentligi.

Elektrolit sifatida asoslarning dissosialanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi.

Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko’k rangga, fenolftalein indikatori qizil - pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to’qimalarni yemirish xossasiga ega. Agar asos ko’p kislotali bo’lsa dissotsialanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaliligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng.





Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga NH4OH, LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Dissotsialanish qobiliyatiga ko’ra asoslar kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi. Suvdagi suyultirilgan eritmalarda to’la dissotsianadigan asoslarni kuchli asoslar deyiladi. Kuchli asoslarga barcha ishqorlar kiradi. Ishqor so’zi “o’yuvchi” ma’nosini beradi.

Suvda erimaydigan asoslar oz dissotsialanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissotsialanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, va boshqalar .

Nomlanishi. Asoslarni nomlash ularga asos yoki gidroksid so’zini qo’shish orqali amalga oshiriladi. NaOH natriy gidroksidi, natriy asosi, o’yuvchi natriy. Agar biror metallning bir necha gidroksidlari bo’lsa Cr(OH)2 -xrom(II) gidroksidi, Cr(OH)3- xrom(III) gidroksidi va hokazo.

Olinishi. Faol metallardan bo’lgan ishqoriy va ishqoriy-yer metallari suvda eritilsa ishqorlarga aylanib vodorodni ajratadi:

Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari).



Gidridlar, nitridlar, fosfidlar va sulfidlarning suv bilan ta’sirlashganida ham asoslar hosil bo’ladi:



Erimaydigan asoslar olish uchun metallarning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettiriladi:











Xossalari. Asoslar odatda qattiq moddalardir. Ularning rangi turlicha bo’lib, rang o’zgarishi ba’zan asoslarni birini ikkinchisidan ajratish imkoniyatini beradi. Faqat NH4OH ammiakni suvda erishidan hosil bo’lgan birikma eritmada mavjud (suyuqlik).

Asoslar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Bunday tuzlar kislotali oksidlarning tuzlariga kiradi:







Asoslar qizdirilsa suv va asosli oksidlarga parchalanadi:







Ishqorlarga tuzlar ta’sir ettirilsa erimaydigan asoslar hosil bo’lishi yuqorida ko’rib chiqildi.



Amfoter gidroksidlar. Asoslarning alohida guruhini amfoter gidroksidlar tashkil etadi. Ham kislota ham asos xossasini namoyon etuvchi asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bunday asoslar qatoriga: Zn(OH)2, Be(OH)2, Al(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, Sn(OH)4 va boshqalar kiradi.

Amfoter gidroksidlar kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham ta’sir etishi mumkin. Ular kislotalar ta’sirida ham asoslar ta’sirida ham oson eritmaga o’tadi:











Amfoter gidroksidlar amfoter metallarining tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi.



Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling