Tabiiy fanlar fakulteti


Download 407.61 Kb.
bet7/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
#127647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KO'M Kurs ishi(Musajonova)


Namuna:

NGNqurilmalari

MSAN

Mediashlyuz

NetNumen

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi

















Xulosa:

Keys-stadi” metodi

«Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan.Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).

Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari



Ish

bosqichlari

Faoliyat shakli

va mazmuni

1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish

  • yakka tartibdagi audio-vizual ish;

  • keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);

  • axborotni umumlashtirish;

  • axborot tahlili;

  • muammolarni aniqlash

2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash

  • individual va guruhda ishlash;

  • muammolarni dolzarblik iyerarxiyasini aniqlash;

  • asosiy muammoli vaziyatni belgilash

3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

  • individual va guruhda ishlash;

  • muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;

  • har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;

  • muqobil yechimlarni tanlash

4-bosqich: Keys yechimini yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

  • yakka va guruhda ishlash;

  • muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;

  • ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

  • yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish

Keys.Softswitch dasturiy kommutatori NetNumendasturiy ta’minoti yordamida sozlandi. NetNumen dasturiy ta’minoti orqali talaba dasturiy kommutatorni boshqarishi va uni sozlashi mumkin.

Agar sozlash ishlari tugatilganidan keyin, kommutator MSAN bilan bog‘lanmadi, xatolik kelib chiqdi. Ya’ni sozlash jarayonida xatolikka yo‘l qo‘yilgan.




«FSMU» metodi

Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

  • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:




  • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.

Namuna.

Fikr:Polimarfizim ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillaridan biridir”.

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.

Assesment” metodi



Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baholanadi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

“Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.



Namuna. Har bir katakdagi to‘g‘ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi mumkin.

Insert” metodi



Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilmlarni o‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi;

  • yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;

  • ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:

Belgilar


1-matn

2-matn

3-matn

“V” – tanish ma’lumot.









“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.










“+” bu ma’lumot men uchun yangilik.









“– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?









Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.

Tushunchalar tahlili” metodi



Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

  • o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

  • belgilangan vaqt yakuniga yetgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

  • har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”

Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lumot

Registr

Foylanuvchini ro‘yxatga olish




Subcribe

Foydalanuvchini xizmatga a’zo bo‘lishini ta’minlash




Invite

Ulanish o‘rnatilishi uchun sofwswitch bilan bog‘lanish




Acknowedge

Aloqani tasdiqlash va foydalanuvchiga aloqa qilishini ta’minlash




200 Ok

Softswitch foydalanuvchining so‘roviga ijobiy javob qaytarishi




Release

Aloqa tugatilganida kanalni bo‘sh holatga qaytarish




Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.

Venn Diagrammasi metodi

Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;

  • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;

  • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.

Namuna: Softswitch dasturiy kommutatorinig xizmat turlari







Circuit switching

Blits-o‘yin” metodi



Metodning maqsadi: o‘quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.

Metodni amalga oshirish bosqichlari:

1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Shundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.

2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.

4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. Shundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.

5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.

6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi.

7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.



«Dasturiy vositalarni o‘rnatish va sozlash» ketma-ketligini joylashtiring. O‘zingizni tekshirib ko‘ring!

Harakatlar mazmuni

Yakka baho

Yakka xato

To‘g‘ri javob

Guruh bahosi

Guruh xatosi

CISCO packet tracer ni o‘rnatish
















CISCO packet tracer lokal tarmoq qurish
















CISCO packet tracer da marshrutizatorlarni konfiguratsiya qilish
















CISCO packet tracer da DHCP protokokolini yoqish
















CISCO packet tracer da Serverlar o‘rnatish















Brifing” metodi

“Brifing”- (ing. briefing-qisqa) biror-bir masala yoki savolning muhokamasiga bag‘ishlangan qisqa press-konferensiya.

O‘tkazish bosqichlari:


  1. Taqdimot qismi.

  2. Muhokama jarayoni (savol-javoblar asosida).

Brifinglardan trening yakunlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. Shuningdek, amaliy o‘yinlarning bir shakli sifatida qatnashchilar bilan birga dolzarb mavzu yoki muammo muhokamasiga bag‘ishlangan brifinglar tashkil etish mumkin bo‘ladi.Talabalar yoki tinglovchilar tomonidan yaratilgan mobil ilovalarning taqdimotini o‘tkazishda ham foydalanish mumkin.

Portfolio”metodi

“Portfolio” – ( ital. portfolio-portfel, ingl.hujjatlar uchun papka) ta’limiy va kasbiy faoliyat natijalarini autentik baholashga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan hisoblanadi. Portfolio mutaxassisning saralangan o‘quv-metodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig‘indisi sifatida aks etadi. Jumladan, talaba yoki tinglovchilarning modul yuzasidan o‘zlashtirish natijasini elektron portfoliolar orqali tekshirish mumkin bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarida portfolioning quyidagi turlari mavjud:


Faoliyat turi

Ish shakli

Individual

Guruhiy

Ta’limiy

faoliyat


Talabalar portfoliosi, bitiruvchi, doktorant, tinglovchi portfoliosi va boshq.

Talabalar guruhi, tinglovchilar guruhi portfoliosi va boshq.

Pedagogik faoliyat

O‘qituvchi portfoliosi, rahbar xodim portfoliosi

Kafedra, fakultet, markaz, OTM portfoliosi va boshq.




    1. Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusi bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu: NOORGANIK BIRIKMALARNING ASOSIY SINFLARI

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – Noorganik birikmalarning asosiy sinf lari haqidagi BKM larni mustahkamlash va kengaytirish..

F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish

-Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadval, kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dissotsiyalanish va ion almashinish reaksiyalarini biladi va tushuntira oladi;

-Nazariy bilimlar asosida masalalarni yecha oladi va tegishli laboratoriya tajribalarini bajara oladi;

F.K.2- Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish kompetensiyasini shakllantirish

-Kichik va katta davr elementlarini, kimyoviy bog‘lanish turlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;



Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash

T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish

-Sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.



Rivojlantiruvchi – O‘quvchilarda olamning bir-butunligi to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

T.K.1-Kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish

-Muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish



T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish

-O‘qib-o‘rganganlari asosida, kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda o‘zini-o‘zi bilimini oshirish.



T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish

-O‘rganilgan bilimlar asosida kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni bilish. Kimyo fani sohasida inson hayot faoliyatida uning mehnatini yengillashtiradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.



Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi, darslik, ko’rgazmali qurollar.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars usuli: an’anaviy, interfaol, savol javob

I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob

Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.



Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish.

2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish.

4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

1.Oksidlar. 2.Asoslar 3.Kislotalar. 4.Tuzlar

Yangi darsning bayoni.





Oksidlar. Biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.

Yani E2On bu yerda: E- element, n- elementning valentligi. Oksidning suv, asos va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishiga qarab, bir nechta guruhga bo‘linadi:

1. Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO . 2. Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5.

3. Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo.

4. Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan): CO, NO, N2O va hokazo.

5. Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng bo‘ladi, valentligi esa datdagidek ikkiga Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng bo‘ladi, valentligi esa odatdagidek ikkiga teng bo‘ladi: Na2O2, H2O2. .



Asoslar. Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruh (OH) dan iborat bo‘lgan murakkab moddalar asoslar deyiladi.Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo‘linadi.

1. Suvda eriydigan – asoslar: NaOH, Ca(OH)2, KOH, Ba(OH)2

2. Suvda erimaydigan – asoslar: Cu(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)2

Ham kislota ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi: Kislotalar. Zn(OH)2, Al(OH)3, Molekulasi tarkibida metallarga o‘z o‘rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar molekulasi tarkibida kislorod atomining bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

a) kislorodli kislotalar: HNO3, H2CO3, H2SiO3 b) kislorodsiz kislotalar: H2S, HBr, HJ

Kislotalar tarkibidagi metalga o‘rnini beradigan vodorod atomlari soniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. Bir negizli kislotalar: HCl, HBr, HNO3

2. Ikki negizli kislotalar: H2SO4, H2SO3, H2S

3. Uch negizli kislotalar: H3PO4

Tuzlar.Molekulasi metall atomi va kislota qoldig‘idan tashkil topgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi (Metall atomi o‘rnida NH4+ ioni ham kelishi mumkin. Bunday tuzlar ammoniyli tuzlar deyiladi.)

Tuzlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. O‘rta yoki normal tuzlar: NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2(SO4)3, FeSO4

2. Nordon tuzlar: nordon tuzlarni ikki yoki uch negizli (ko‘p negizli) kislotalar hosil qiladi.

NaHCO3, Ca(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2

3. Asosli yoki gidroksi tuzlar: (CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Cl

4. Qo‘shaloq tuzlar (qo‘sh tuzlar):

Ikki xil metall va bir kislota qoldig‘dan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega bo‘lganlari achchiq toshlardir: KAl(SO4)2, NH4Al(SO4)2

5. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig‘idan hosilbo‘lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi: CaClOCl, (yoki CaOCl2) H2S. 3. Uch negizli kislotalar: H3PO4

Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. 17,2 g gips (CaSO4.2H2O) da nechta oltingugurt va kislorod atomlari bor?

2. 234 g kalsiy digidrofosfat [Ca(H2PO4)2] dagi K, H2, P va O2 atomlarining sonini toping.

3. Massasi 48 kg bo‘lgan ozonda nechta kislorod atomi bor?

4. 84 t alyuminiy ftoriddagi ftor atomining sonini toping.

5. Ag2O ning qancha massasida Ag3PO4ning 41,86 g massasidagicha kumush atomi bo‘ladi?

6. Ammoniy nitratning qancha massasida 8,5 g natriy nitratdagicha azot atomi bo’ladi?

7. Natriy fosfatning qancha massasida 0,34 g fosfindagicha fosfor atomi bo‘ladi?



Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish


Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling