Tabiiy fanlar fakulteti


Download 407.61 Kb.
bet2/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
#127647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KO'M Kurs ishi(Musajonova)

Murakkab moddalar


Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan, KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar.

Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar.




Oksidlar


Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.

Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (YII) oksidi.



Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.

Asosli oksidlar.

Asoslar mos keladigan oksidlarni asosli oksidlar deyiladi. Faqat metallargina asosli oksidlar hosil qiladi.



VeO,CuO, CrO va MnO va boshqa ko’pgina metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi. Bunday metallarning gidroksidlari bilvosita usullar bilan, ya’ni tuzlarga kuchli asoslar ta’sir ettirib olinadi.

Asosli oksidlar metallarga bevosita kislorod ta’sir ettirib hosil qilinadi:



Ba’zi metallarga kislorod ta’sir ettirilganda avval peroksidlar hosil bo’ladi:



So’ngra bu peroksidlarga metall ta’sir etganda oksidlarga aylantiriladi:



Tuzlarni yoki gidroksidlarni parchalash jarayonida ham asosli oksid hosil bo’ladi:





Kimyoviy xossalari. Asosli oksidlar qattiq moddalardir. Ulardan ba’zilari suvda yaxshi eriydi.

I va II guruh asosiy guruh elementlari metallarining oksidlari VeO va MgO dan tashqari suv bilan ta’sirlashganda asoslar hosil bo’ladi. Qolgan guruhlardagi metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi:



Ular kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:



Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda suv hosil qiladi:





Kislotali oksidlar. Kislotalar mos keladigan oksidlarni kislotali oksidlar deyiladi. Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari va ba’zi metallarning yuqori valentli oksidlari misol bo’la oladi: SrO3;Mn2O7; MnO3; V2O5;MoO3;WO3).Ularni angidridlar (suvsizlantirilgan kislotalar) deb ham yuritiladi.

Har bir kislotali oksidga kislota to’g’ri keladi:





Olinishi. Metallmaslarning kislorodda yoki havoda yonishi:

Murakkab moddalarning yondirilishi:



Kislotalarni qizdirish orqali suvsizlantirish:



Metallarga kislotalar ta’sir ettirish:





Metallmaslarga kislotalar ta’sir ettirish:





Xossalari. Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda gazsimon (SO2, NO2, CO2), qattiq holatda (P2O5, CrO3, SiO2, N2O5) uchraydi. Kislotali oksidlarni suv bilan o’zaro ta’siridan kislotalar hosil bo’ladi. Faqat kremniy(IY) oksidgina suv bilan o’zaro ta’sir etmaydi.

Ishqorlar ta’sir etganda kislotali oksidlarning tuzlari hosil bo’ladi:



Ma’lum sharoitda kislotali oksidlar tuzlar bilan ham ta’sirlashadi:





Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar (4-jadval) bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega. Amfoterlik xossalari ZnO, BeO, SnO, PbO, Al2O3, Cr2O3, SnO2, PbO2, GeO2va MnO2 da ham kuzatiladi(4-jadval).

4- jadval. Amfoter oksidlarning kislotalari va asoslari



Amfoter oksidlar

Asosi

Kislotasi*

Tuzdagi qoldiqning

nomi


ZnO

Zn(OH)2

H2ZnO2

Zinkat

BeO

Be(OH)2

H2BeO2

Berillat

Al2O3

Al(OH)3

HAlO2

H3AlO3



m-alyuminat

o-alyuminat



Cr2O3

Cr(OH)3

HCrO2

H3CrO3



m-xromit

o-xromit


MnO2

Mn(OH)4

H2MnO3

H4MnO4



m-manganit

o-manganit



SnO2

Sn(OH)4

H2SnO3

H4SnO4



m-stannat

o-stannat



PbO2

Pb(OH)4

H2PbO3

H4PbO4



m-plumbat

o-plumbat



*bunday kislotalar erkin holda mavjud emas.

Xossalari. Amfoter oksidlar suvda erimaydigan qattiq moddalardir.

Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi:



Xrom(III) oksidi kislota va ishqor eritmalarida erimaydi. Lekin ishqorlarda yoki karbonatlar ishtirokida suyuqlantirilsa xromitlar hosil qiladi:





Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi. Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi. Betaraf oksidlarga CO, NO,N2O, SiOkabioksidlar kiradi.

Peroksidlar. Peroksidlar oq qattiq moddalardir. Bunday birikmalarni vodorod peroksidning H2O2tuzlari sifatida qaralishi mumkin.Peroksidlarga Na2O2, K2O2, BaO2, ozonid birikmalar KO3 kabi moddalarni olish mumkin.

Peroksidlar faol metallardan bo’lgan ishqoriy metallarning havoda yonishida hosil bo’ladi:





Aralash oksidlar. Bunday moddalar qatoriga oksidlarning aralashmasi yoki ularni tuzlar deb qarashga to’g’ri keladi. Masalan: Fe3O4, Pb2O3, Pb3O4, Mn2O3, Mn3O4, Co3O4. Bu oksidlar biror metallning tuzi ko’rinishida yozilsa Fe(FeO2)2, PbPbO3, Pb2PbO4, Mn2MnO4 tuzlar sifatida yozilishi mumkin. Aralash oksidlar qatoriga shpinellar , ya’ni II va III valentli oksidlar aralashmasini ham kiritish mumkin. Masalan: FeO*Al2O3, ZnO*Al2O3, MgO*Al2O3va boshqalar.

Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling