Tabiiy fanlar fakulteti


Download 407.61 Kb.
bet5/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
#127647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KO'M Kurs ishi(Musajonova)

Tuzlar


Tuzlar quyidago turlarga bo’linadi: o’rta tuzlar, nordon tuzlar, asosli, qo’sh va kompleks tuzlar.

O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi. Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi:



Nomlanishi. Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4–mis(II) sulfati; Al(NO3)3 – aluminiy nitrati; Fe2(SO4)3- temir(III)sulfati;K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4 - temir (II) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki liapis; Na2CO3natriy karbonat yoki soda;

Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi. Nordon tuzlar (6-jadval) ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi. Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi.

Nordon tuzlarning dissotsialanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi:





6-jadval. Nordon tuzlarni hosil qiladigan kislotalar va ularning tuzlari

Kislotalar

Kislota

qoldig’i

Nordon

tuzlar

Tuzlarning nomlanishi


H2CO3

H2S

H2SO3

H2SO4

H3PO4
H4P2O7



HCO3-

HS-

HSO3-

HSO4-

H2PO4-

HPO42-

H3P2O7-

H2P2O72-

HP2O73-

NaHCO3

NaHS

NaHSO3

KHSO4

NaH2PO4

Na2HPO4

KH3P2O7

K2H2P2O7

K3HP2O7

Natriy gidrokarbonat

Kaliy girosulfid

Natriy gidrosulfit

Kaliy gidrosulfat

Natriy digidrofosfat

Natriy gidrofosfat

Kaliy trigidrodifosfat

Kaliy digidrodifosfat

Kaliy gidrodifosfat

Olinishi. Nordon tuzlarni olishda ko’p asosli kislotalarga kuchli asoslar ta’sir ettiriladi.Reaksiyada kislotalar mo’l miqdorda olinadi.Reaksiya bosqichli borib avval nordon tuzlar keyin esa o’rta tuzlar olinadi.







Ko’p asosli kislotalarning o’rta tuzlariga shu kislotalarning o’zini qo’shish orqali ham nordon tuzlar olish mumkin. Masalan:



Ko’p asosli kislotalarning o’rta tuzlariga kuchli kislota (H2SO4) ta’sir etishda ham nordon tuz hosil qilganida:



Nordon tuzlar asoslarga kislotali oksidlarning ta’sirida ham hosil bo’ladi:



Nordon tuzlarning grafik formulasini yozish uchun shu tuz hosil qilgan kislotani grafik formulasini yozib olish kerak. So’ngra kislota qoldig’ini aniqlash va uni asosida nordon tuzni grafik formulasini yozish kerak. Oxirida shu kislota qoldig’iga metall atomi qo’yiladi.



Asosli tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi.Asosli tuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi.Bunday tuzlar quyidagi asoslardan olinishi mumkin(7-jadval).

7- jadval. Asosli tuzlar hosil qiladigan asoslarning qoldiqlari




Asoslar

Qoldig’i

Asosli tuz

Asoslituzning

nomlanishi

Mg(OH)2

Cu(OH)2

Al(OH)3
Cr(OH)3
Al(OH)3
Fe(OH)3

Mg(OH)2

MgOH+

CuOH+

Al(OH)2+AlOH2+Cr(OH)2+

CrOH2+Al(OH)2+AlOH2+

Fe(OH)2+

FeOH2+

MgOH+

MgOHCl

CuOHNO3

Al(OH)2NO3

AlOH(NO3)2

Cr(OH)2NO3

CrOH(NO3)2

[Al(OH)2]2SO4

AlOHSO4

[Fe(OH)2]SO4

FeOHSO4

(MgOH)3PO4

magniygidrokso xlorid

misgidrokso(II) nitrat

aluminiydigidrokso nitrat

aluminiygidrokso nitrat

xromdigidrokso(III) nitrat

xromdigrokso(III) nitrat

aluminiydigidrokso sulfat

aluminiygidrokso sulfat

temirdigidrokso(III) sulfat

temirgidrokso(III) sulfat

magniygidrokso fosfat
Dissotsialanishi. Bunday tuzlarning dissotsilanishi bosqichli borib, metall kationlari, gidroksil anioni va kislota qoldig’i anioni hosil bo’ladi:









Olinishi. Kuchsiz va ko’p negizli asoslarga kuchli kislotalar ta’sir ettiriladi va bu reaksiyalarda asoslar mo’l miqdorda olinadi:







Ko’p kislotali asoslarning o’rta tuzlariga ishqor eritmalari ta’sir ettirib asosli tuzlar olinishi mumkin:





    1. Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan pedagogik dasturiy vositalar.

Microsoft Power Point - grafik tasvirlar tay¸rlash va prezentasiyalar hosil qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda yaratilgan prezentasiyalarda oddiy animasiyalar tashkil qilish mumkin.

Power Point dasturiy mahsuloti asosan prezentasiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentasiya - ma’ruza, biznes reja va hokazolar bo’lishi mumkin. Har bir prezentasiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

Microsoft Power Point yaratgan hujjatlarini Office ning boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni berilgan.

Prezentasiyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri Microsoft PowerPointda tay¸rlanadigan Prezentasiya slaydlarida rasm, formula, grafiklar, ovoz ¸zilgan fayllar, video-klipplar va hokazolarni joylashtirish imkoni berilgan.



Ispring dasturi va uning imkoniyatlari. Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib utamiz.

iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.SWF) va HTML5 formatiga konvertatsiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.

Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.

Xususan: Yaratiladigan elektron o‘quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o‘tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integratsiyalashtirish mumkin degani. PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud. PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta’minlaydi iSpring Free dasturi mutloq tekin hisoblanadi. iSpring Free dasturidan tashqari imkoniyati ko‘proq bo‘lgan iSpring Suite dasturi ham mavjud bo‘lib, bu dastur orqali yuqori darajada sifatli elekton o‘quv kontentni yaratish mumkin. iSpring Suite asbob uskunalari orqali (QuizMaker, iSpring Visuals, iSpring DialogTrainer) elektron darsliklar, videoma’ruzalar, QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, iSpring DialogTrainer -tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish mumkin.



Crocodile Chemistry dasturi. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ro‘y berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin. Bu dasturdan o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida kimyo fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin.

Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o‘zaro aralashtirib kimyoviy reaksiyani ko‘zatish mumkin. Kimyoviy reaksiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaksiya formulalarni maxsus oynada ko‘rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.



Hot Potatoes Viktoriya Universitetining ilmiy-tadqiqot guruhi tomonidan yaratilgan dastur. Hot Potatoes dasturi bepul taqdim qilinadi. Hot Potatoes dasturi boshqa dasturlardan farqli tomoni barcha operatsion tizimlarga o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Hot Potatoes dasturi tarmoqda sinov mashqlarini tashkil qilish imkonini beradi. Unda yaratilgan mashqlarni ixtiyoriy brauzer (Internet Explorer, Mozilla, Opera, Chrome, Finiks, Safari, Google,…)bilan ta’minlangan kompyuterda qo‘llash mumkin. Mashqlar HTML va JavaScript da yaratiladi lekin siz bu tillar haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmasdan ham dasturni qo‘llashinigiz mumkin. Aytmoqchimanki, bu dasturda dasturlash tillaridan xabari bo‘lmagan foydalanuvchi ham bemalol unda har xil turdagi interaktiv mashqlarni yarata olishi mumkin. Ushbu dastur orqali test, krosword, viktorina kabi mashqlarni yaratishingiz mumkin.



Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling