Tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.84 Mb.
bet8/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#200387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi[1]

Nerv to‘qimasi nerv hujayralari- neyronlar va hujayra oralig'i modda

— neyrogliydan iborat. Tashqi muhitdan va organizmning o'zidan keladigan

qo‘zg‘alishni qabul qilish va o ‘tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari dastlab sodda ko‘phujayralilar-bo‘shIiqichlilarda paydo bo'ladi. Bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning nerv hujayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv sisteniasini hosil qiladi.

Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta’kidlab olilgan


to‘qimalar organlami tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil
to'qima kiradi. Har bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga
moslashgan bo'ladi. Bir-biri bilan uzviy bog'langan va organizmda bitta
umumiy vazifani bajaradigan organlar bitta sistemaga birlashtiriladi.
Masalan, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qilish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog‘onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat, qon aylanish, nerv vaboshqa bir qancha organlar sistemasi rivojlanadi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasining o‘xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum
bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi
uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, yashash muhiti bilan chambarchas bogliq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagilardan iborat.
1. Radial nurli, ya’ni teng o'qli simmetriya suvda qalqib hayot
kechiradigan sharsimon plankton hayvonlai- (quyoshsimonlar, nurlsimonlar, volvokslar va boshqalar)da ko‘rish mumkin. Ular tanasining о‘xshash
qismlari birnuqtadan tarqaladigan radial nurlaryo‘nalishidajoylashgan.
Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab
mrgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil boiishi bilan bogliqdir.
Radial tana simmetriyaga ega bo'ligan hayvonning tashqi muhit ta’siriga
javob reaksiyasi tananing hamma tomonida bir xilda boiadi.
2. Radial o'qli simmetriya suv tubida o‘troq yashaydigan
bo‘shliqichlilar va ulaming erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va nmaterililar uchun xosdir. Radial o‘qli simmetriyaga ega boigan
hayvonlar tanasining o ‘xshash qismlari aylanish o‘qi atrofida joylashgan.
Hayvonlar tanasidagi simmetrik bolaklar soni tana sirtida joylashgan
paypaslagichlar (bo'shliqichlilar, taroqlilar, g'ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o‘qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun harakterlidir.

3. Bilaterial, y a ’ni ikki yonlama simmetriya juda ko‘pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va deyarli barcha umurtqali hayvonlaruchun xos bo‘ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o‘q orqali o‘tadigan yagonayuza orqali faqat ikkita teng bo‘laklargaajratish mumkin. Bilateral tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining chap va o‘ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang‘och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo'ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig‘anoqning hosil bo‘lishibilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, ikkilamchi harakterga egadir.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling