Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


M uhammad ibn Umar Sa’diddin at-Taftazoniy


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

M uhammad ibn Umar Sa’diddin at-Taftazoniy (1322, Niso 
yaqinidagi Taftazon qishlog"i - 1392.12.8, Samarqand) - qomusiy 
olim. Taftazoniy qariyb 30-yil (1340-yildan 1372-yilgacha) davo­
mida Hirot va M ovarounnahrning turli shaharlaridagi madrasalarda 
falsafa va mantiqdan dars bergan. So‘ngra Temur da’vatiga binoan 
Samarqandga kelib, saroyda xizmat qilgan va umrining oxirigacha 
shu saroyda yashab ijod bilan shug‘ullangan.
26


Sa’diddin Taftazoniy islom falsafasi, mantiq, she’riyat va arab 
tiliga bag'ishlangan 46 dan ortiq asarlarning muallifi. Uning mash- 
hur asarlari “Mantiq va kalomga sayqal berish”, “ Din asoslarini 
izlovchilaming maqsadlari”, “Keng talqin”, “Yo‘l boshlovchi rahbar” 
va hokazo. Uning ilmiy-falsafiy qarashlari negizida iroda erkinligi 
muammosi alohida o ‘rin tutadi.
Koshiy (AI-Koshiy), G ‘iyosiddin Jamshid. (Al-Koshiy), G ‘iyo- 
siddin Jamshid (taxm. 1430-yil Samarqandda vafot etgan) - atoq- 
li matematik na astronom. Asli eronlik, Koshon shahridan bo‘lib, 
boshlang‘ich matematik m a’lumotni shu yerda olgan va XV asr boshi- 
da Ulug‘bekning taklifi bilan Samarqandga kelgan; bu yerda Qozizoda 
Rumiy bilan birga Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qurilishiga rah- 
barlik qilgan.
Koshiy Ulug‘bek qo‘l ostida ishlagan Husayn Birjoniy, Ali Qushchi 
va boshqalaming kamolotga yetishishiga katta hissa qo‘shgan. Koshiy 
astronomiyaga oid “Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Elxoniy” (“Elxoniy 
astronomik jadvalini takomillashtirishda Hoqoniy astronomik jad- 
valining ahamiyati”), “Suliam us-samo” (“Osmon narvoni”), “Nuzxat 
ul-xaloiq” (“Bog‘lar sayri”) va matematikaga oid “Risola al-muhiti- 
ya” (“Aylana haqida risola”), “Risola ul-atvor al-jayb” (“Vatarlar va 
sinus haqida risola”), “ M iftog‘ ul-hisob” (“Arif-metika kaliti”) asar- 
larini yozgan. Koshiy birinchi bo‘lib matematikaga pozitsion asosda 
o ‘nli kasrlarni kiritdi va nazariy asoslari, ixtiyoriy ko‘rsatkichli ildiz 
chiqarishga doir Nyuton binomi”ning koeffitsientlarini topishda ba’zi 
bir formulalarga to‘g ‘ri keladigan additiv usulni qoMladi. Koshiy sin 
я va к (pi) sonini o ‘nlik sistemada 17 xona aniq-lik bilan hisobladi. 
Koshiy o ‘rta asr Sharq matematikasini yuqori bosqichga ko4arishga 
katta hissa qo‘shdi.
Ali Qushchi (vaf. 1474-y.) yirik matematik va astronom sifatida 
Samarqandda shuhrat topgan. U 20 dan ortiq asar yozgan bo'lib, 
quyidagi risolalari mashhurdir: “Hisob haqida risola”, “ Kasrlar riso- 
lasi”, “Hisob haqida”, “Astronomiya ilmi haqida risola”, “Sharhi Ziji 
Ulug‘bek” va h.k. Nazariy falsafiy va tabiiy ilmiy fikrlar keyinchalik 
Mirsaid Jurjoniy, Yusuf Q orabog‘iy, C ho‘g ‘on Valixonov va boshqa-
27


lar tomonidan ijodiy rivojlantirildi. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va 
Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida birinchilardan bo‘lib 
kuzatuv va tajribaga muhim e ’tibor qaratdi.

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling