Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Muhammad Tarag‘ay - UIug‘bek
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
Muhammad Tarag‘ay - UIug‘bek.
U lug'bek taxallusi; asl ismi Muhammad Tarag'ay (1394.22.3, Sultoniya shahri, Eron Ozarbayjoni - 1449.27.10. Samarqand) buyuk o ‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruhning o 'g 'li, Amir Temurning nabirasi. Sohibqironning ''besh yillikyurish'’ida (1392—96) Iroqdagi Mordin qaPasini qamal qilish chog'ida tug'ilgan. Tarixdan m a’lumki, U lug'bek 25 1424—1428-yillarda Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat degan joyda rasadxona qurdiradi, o ‘zining astronomiyaga oid kuzatishlarini bevosita shu yerning o ‘zida olib boradi. Uning 1437-yiIda tugatgan “Ziji jadidi K o‘ragoniy” (“K o‘rag‘oniyning yangi astronomik jadva- li”) asari ana shunday ilmiy kuzatish va xulosalar negizida dunyoga keladi. “U lug‘bek akademiyasi” nomli kitobda (muallif Abdurahmonov, Toshkent, 1993) qayd etilishicha bu asar kirish, to‘rt kitob (bo‘lim) dan iboratdir. “Ziji”ning birinchi kitobi eralar va turli taqvimlarga bag‘ishlangan. Unda hijriy, yunon eralari, ulami hisoblash usullari, ular orasidagi munosabatlar qarab chiqiladi. Yil hisobida kabisa yilini topish masalasi ko‘riladi, Ulug‘bekning fikricha har 30-yilga 11 ta kabisa yili to ‘g ‘ri keladi. Ikkinchi kitobda matematik hisob-kitoblar tizimi beriladi. Uchinchi kitob trigonometrik jadvallarga bag‘ishlangan. Uning amaliy astronom iyaga bag'ishlangan qismida sayyoralar harakati nazari yasi, osmon yoritg‘ichlaming koordinatalarini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalami belgilash kabi masalalar yoritiladi. Nihoyat “Ziji”ning to ‘rtinchi kitobi ilmi nujum, ya’ni astrologiyaga bag‘ishlanadi. Ilmi nujumda sayyoralaming turlicha mos turishlariga qarab kishilaming tolenomasini tuzish, sayyoralaming turli-tuman joylashuvining kishilar taqdiriga ta’siri masalalari qarab chiqiladi. Shuni aytish kerakki, U lug‘bek jadvali o ‘z davrining eng mukam- mal yutuqlaridan hisoblanadi. Chunonchi, Ulug‘bekning yil hisobi hozirgi zamon hisob-kitoblariga qiyos qilinganda bir minutu ikki soniyaga tafovut qilar ekan. Temuriylar davrida ilmu fanning barcha sohalari, shu jum ladan tabiatshunoslikda ham muhim ishlar qilindi. Ularning ayrimlarini qayd qilib o ‘tamiz. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling