Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

 
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2 
jahonning yirik mamlakatlari va ularning poytaxtlarini, xalqaro iqtisodiy va siyosiy 
tashkilotlarni; yirik aglomeratsiya va megalopolislarni; yirik sanoat rayonlarini, yirik portlar, 
kanallar, bo‘g‘izlar nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.
A2+ 
geografik obyektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, (hudud)ning 
toponimikasini ayta oladi. 
 
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2 
globus, geografik atlas va xaritalardan davlatlar ularning poytaxtlarini geografik o‘rnini 
aniqlaydi. Dunyoning siyosiy xaritasini, aholi, sanoat, qishloq xo‘jalik, transport xaritalarini 
yozuvsiz xaritada aks ettira oladi.
A2+ 


geografik atlas va xaritalardan davlatlar, ularning poytaxtlarini, geografik o‘rnini aniqlaydi 
va geografik tadqiqotlarda, turizm, sayohatlarda foydalana oladi. 
 
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2 
insoniyatning global miqyosidagi tabiiy muhitga ta’sirini, dolzarb global ekologik 
muammolar, ularning kelib chiqishi, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va yechimini topishda geografiya 
fanining o‘rnini, zamonaviy sanoat ishlab chiqarishining tabiiy muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini 
tahlil qila oladi.
A2+ 
tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etadi 
va o‘z fikrini bayon eta oladi. 
 
9-sinf o‘quvchilarida shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari: 
 
Kommunikativ kompetensiya:
A2 
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, o‘z fkirlarini guruhlarda 
ijodiy tarzda ifoda eta oladi.
A2+
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, guruhlarda liderlik qila odadi, 
geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta oladi va yozadi.  

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling