II.Tog‘ jinslarining deformatsiyasi
Tog‘ jinslari tektonik kuchlar ta’sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.93,94
Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta’siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi.
Tog‘ jinslarining elastikligitashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirishi va bu kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holatiga qaytish xususiyatiga ega bo‘lishini ifodalaydi.
Tog‘ jinslarining plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Tog‘ jinslarining mo‘rtligideb tashqi kuchlar ta’sirida yaxlitligi buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.
2.1.Deformatsiya turlari.
Tog‘ jinslarining deformatsiyasi hosil bo‘lishi bosqichlari ketma-ketligi bo‘yicha elastik, plastik va mo‘rt deformatsiyalarga bo‘linadi . Ular tog‘ jinslarining elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |