Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya


Download 1.49 Mb.
bet2/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1434872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tektonik harakatlar strukturalar

II.Asosiy qisim
1.1.Tektonik harakatlar
Zilzilalar qabilida kechadigan jarayonlar majmuasi tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar uzlukli-uzluksiz ravishda kechadi, ya’ni uning intensivligi geologik vaqt davomida goh kuchayib, goh susayib turadi. Ular er po‘stining relьefi, materiklarning paydo bo‘lishi, umuman Erning paleogeografik taraqqiyotida etakchi o‘rinda turadi.
Er po‘stidagi hozirgi harakatlarni aniq o‘lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatini o‘lchash bilan epeyrogen harakatlarning er po‘stiga ko‘rsatgan ta’siri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog‘ jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi.
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko‘rilganda, Himolay tog‘lari bilan Gang daryosi o‘rtasida joylashgan SHimoliy Hindistonning ko‘p qismi bir yilda 18,2 mm ko‘tarilganligi aniqlangan. Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko‘p ko‘tarilganligi ma’lum. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent hududining pastkam joylari (CHirchiq daryosi, Qoraqamish va Bo‘zsuvning quyi oqimlari) cho‘kayotgan bo‘lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o‘tgan joylar, YUnusobod) ko‘tarilayotganligini ko‘rsatdi.
Er po‘stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog‘lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan.
Neotektonik harakatlar. Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik harakatlarni o‘z ichiga. YOsh tektonik xarakatlar golotsen davridan, ya’ni keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o‘rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo‘lib, ular geodezik asboblar yordamida o‘rganiladi.
Neogen va to‘rtlamchi davrlardagi tektonik harakatlarni va ular hosil qilgan strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi sohasi o‘rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo‘lib umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Er po‘stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik harakatlar bo‘lib turganligidan darak beradi. Bunday harakatlar tog‘ jinsi qatlamlarining yotish holatini, tuzilishini, relьefini o‘zgartiradi. Er qatlamlaridagi, ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o‘zgarishlarni aniqlash, ularni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. CHunki ular hozirgi relьef shakllarini hosil qilgan bo‘lib, neft, gaz, ko‘mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda etakchi mezon hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar yordamida aniqlash mumkin.
Tektonik harakatlar tufayli neogen, to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida darz ketgan, bukilgan strukturalar hosil bo‘lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish yuzalari kabi qoldiq relьef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tahlil qilinib, neotektonik harakatlarning tezligi va yo‘nalishi, qanday geologik strukturalarni hosil qilganligi hamda ularga relьefning qanday shakllari mos kelishi aniqlanadi.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Er po‘stining ko‘tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog‘larning 1800 - 2000 m mutlaq balandliklarida, ya’ni daryo o‘zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg‘og‘idagi nanay supasi (Q1) bunga misol bo‘laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog‘ oralig‘ida qolib ketishi neotektonik harakat kechganligidan darak beradi. Masalan, CHotqol, Pskom tog‘lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan.
Neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlar vulqon otilishi, zilzila harakatlarida namoyon bo‘ladi (zilzila bobiga karang). To‘rtlamchi davrning boshlarida er yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko‘llari, Qizil dengiz va O‘lik dengizlar hosil bo‘lgan. Rossiya hududidagi Baykal ko‘li ham antropogen davrida xosil bo‘lgan deb hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar tufayli hozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi asosiy relьef shakllari: tog‘lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo‘lgan.
Hozirgi zamon tektonik harakatlarini bevosita o‘rganishimiz va asboblar orqali ularning qiymatini o‘lchashimiz mumkin. SHu kabi yo‘nalishini ham aniqlash mumkin. Masalan: vetikal harakatlar musbat – ko‘tariluvchi va manfiy – cho‘kuvchi bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik harakatlarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, ularning o‘rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu harakatlar yuz ming va millionlab yillar davomida to‘xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko‘tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo‘lgan tog‘ni hosil qiladi. Bu Himolaydan ham baland!
Zilzilalar qabilida kechadigan jarayonlar majmuasi tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar uzlukli-uzluksiz ravishda kechadi, ya’ni uning intensivligi geologik vaqt davomida goh kuchayib, goh susayib turadi. Ular yer po‘stining relefi, materiklarning paydo bo‘lishi, umuman Yerning paleogeografik taraqqiyotida etakchi o ‘rinda turadi.
Yer taraqqiyoti tarixida tog‘ hosil qiluvchi kuchli tektonik harakatlar ro‘y bergan tog‘ burmalanishi epoxalari ajratiladi. Masalan, baykal tog‘burmalanishi proterozoyning oxiri-paleozoyning boshlanishida, kaledon vagersin tog‘ burmalanishlari paleozoyning o‘rtasida va oxirida, kimmeriy tog‘burmalanishi mezozoy erasida, alp tog‘burmalanishi esa kaynozoy erasida sodir bo‘lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik) va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo‘linadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling