Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya


Burmalarning morfologik turlari


Download 1.49 Mb.
bet6/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1434872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tektonik harakatlar strukturalar

Burmalarning morfologik turlari. Burmalar gorizontal tekislikka nisbatan qavariq-botiqligiga, o‘q tekisligining vaziyatiga, burma qanotlari orasidagi munosabatga, qulfining shakliga, eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga va boshqa hususiyatlariga qarab morfologik turlarga bo‘linadi.
Burmalar o‘q tekis-ligining vaziyatiga qarab simmetrik va asimmetrik burmalarga bo‘linadi
Simmetrik burmalarda o‘q tekisligi vertikal joylashgan bo‘lib, ularning qanotlari bir xil qiyalik burchagiga ega bo‘ladi. Asimmetrik burmalarda esa o‘q tekisligi qiya yoki gorizontal yotgan bo‘lib, qanotlari turli qiyalik burchagiga ega bo‘ladi Asimmetrik burmalar orasida qiya, to‘ntarilgan, yotuvchi va sho‘ng‘uvchi turlari ajratiladi (12.9-b,v,g-rasmlar).


Burmalarning morfologik turlari: a-simmetrik burma: b- asimmetrik
burma; v-yotuvchi burma; g-sho‘ng‘uvchi burma
.
Qiya burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘lib, uning yotish burchagi har xil va o‘q tekisligi qiya bo‘ladi.To‘ntarilgan burmalarda qanotlari bir tomonga yotgan va o‘q tekisligi qiya joylashgan bo‘ladi. Ularda to‘g‘ri va to‘ntarilgan qanotlar ajratiladi. Yotuvchi burmalarda o‘q tekisligi gorizontal yotgan bo‘ladi. Sho‘ng‘uvchi burmalarda o‘q tekisligining oldingi qismi pastga qarab engashgan bo‘ladi Ba’zi hollarda bunday burmalarning ustki qismi yuvilib ketishi natijasida ularning yadrosida, shakli bo‘yicha sinklinal burmani eslatuvchi qoldiqni kuzatish mumkin. Lekin uning markazida yosh emas, balki nisbatan qari tog‘ jinslari yotgan bo‘ladi.
Burmalar qanotlari orasidagi munosabatga qarab odatdagi, izoklinalva yelpig‘ichsimon turlarga bo‘linadi.
Odatdagi burmalarda qanotlari qarama-qarshi tomonga yotgan bo‘ladi.
Izoklinal burmalarda qanotlari bir-biriga paralleldir. Yelpig‘ichsimon burmalarda ularning qanotlari elpig‘ichsimon tarzda yoki yoyilgan bo‘ladi.
Burmalar eni bilan bo‘yi orasidagi nisbatga qarab cho‘ziq, braxiformalivagumbazsimon turlarga bo‘linadi .
Cho‘ziq burmalarda ularning bo‘yining eniga nisbati 3 dan katta bo‘ladi. Braxiformali burmalarda bo‘yining eniga nisbati 3 dan kichik bo‘ladi.
Gumbazsimon burmalarda burma eni bilan bo‘yi taxminan bir-biriga teng bo‘ladi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling