Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya


Download 1.49 Mb.
bet5/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1434872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tektonik harakatlar strukturalar

Antiklinal burma morfologik tomondan qavariq struktura bo‘lib, uning yadrosida qari jinslar ochilib yotgan bo‘ladi, qanotlarini esa yosh jinslar tashkil etadi.
.Sinklinal burma antiklinal burmaning aksi bo‘lib, morfologik tomondan botiq struktura va uning muldasida yosh jinslar, qanotla-rida esa qari jinslar rivojlangan bo‘ladi .
Monoklinal-katta maydonda bir tarafga qarab yotgan qatlamlar holatdayotishidan qat’iy nazar ma’lum bir morfologik elementlardan iborat bo‘ladi. Tabiiy holda er yuzasida yuvilishdan to‘la saqlangan burmalar kamdan-kam uchraydi. Burma elementlari holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy shaklini tiklash mumkin.
Burmali strukturalarning o‘lchami va tartibi har xil bo‘lib, ko‘p hollarda yirik birinchi tar-tibdagilari mayda burmalardan tuzilgan bo‘ladi. Burmalar yer yuzasida alohida-alohida yoki katta guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda ular burmali o‘lkalarni tashkil qiladi.
Har bir burma ma’lum elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Burmalarda qatlamlarning buklanish joyi burma qulfiyokiyadrosi deyiladi. Burmalarning qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlarideyiladi va ular qarama qarshi tomonga monoklinal yotgan bo‘ladi. Burma yadrosi er yuzasida, odatda, yuvilgan holda uchraydi.Qatlamlarning buklanish chizig‘i bo‘yicha burmani ikkiga bo‘luvchi hayoliy tekislik burmaning o‘q tekisligi deb yuritiladi .

Antiklinal va sinklinal strukturalar va ularning yotish shakllari

tekisligi muhim elementlardan biri bo‘lib, uning fazoda tutgan vaziyatiga qarab burmalarning morfologik turlari ajratiladi. Burma o‘q tekisligi bilan relef yuzasining kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burmaning o‘q chizig‘i deyiladi.Burma o‘q tekisligi bilan burmada qatnashayotgan qatlamlardan birining yuzasi kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burma sharniri deyiladi.
Qatlamlarning buklanish holatiga qarab burma sharniri gorizontal, qiya, egri va to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin. Burma sharniri yordamida uning fazoda tutgan vaziyati aniqlanadi. Burma sharniri- ning bo‘ylama yo‘nalishda bir necha bor sho‘ng‘ishi
va ko‘tari-lishidan burma undulyasiyasi hosil bo‘ladi. Burma sharniri bilan uning gorizontal tekislikka o‘tkazilgan proeksiyasi orasidagi burchak burmaning sho‘ng‘ish yoki ko‘tarilish burchagi deyiladi.
Har qanday burma o‘z o‘lchamlariga ega. Ularning eni, bo‘yi va balandligi bo‘ladi. Burmaning eni (kengligi) yondosh burmalar o‘q tekisliklari orasidagi masofadan iborat bo‘ladi. Uning uzunligi qarama- qarshi tomonda burmada
qatnashayotgan ma’lum qatlam- ning sho‘ng‘ish nuqtalari
orasidagi masofaga teng, balandligi esa yondosh qarama-qarshi burmalar qulflari orasidagi vertikal masofaga teng bo‘ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling