Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya
Download 1.49 Mb.
|
tektonik harakatlar strukturalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- neotektonik va hozirgi
- orogen
- diz’yunktiv
- transgressiyasi
Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo‘lgan tektonik harakatlar kiradi.
Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gersin) va mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari esa kaynozoy (alp) erasidagi tog ‘burmalanishlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o ‘rganiladi. Yer po‘stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini o ‘zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil qilib, bo‘laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi mumkin. Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o‘zgarishi ichki harakatga bog‘liqdir. Bu harakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, er yorilishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogenharakatlarga bo‘linadi. Orogen harakatlar o‘z navbatidaplikativ(burmalanish) va diz’yunktiv(uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma)harakatlaryer po ‘stining asriy tebranishida o‘z ifodasini topgan. Dengiz yotqiziqlarining barcha qit’alarda topilishi o‘tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po ‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda. Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining ko ‘tarilishida ro‘y beradi. Quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida dengiz transgressiyasiro ‘y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiyadeyiladi. Yer po‘stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Alp tog‘larining etaklari va Boden ko‘li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko‘li sohillari, Tinch okeandagi ko‘pchilik marjon orollari ham asta - sekin cho‘kmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Yer po‘stidagi hozirgi harakatlarni aniq o‘lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatini o ‘lchash bilan epeyrogen harakatlarning yer po‘stiga ko ‘rsatgan ta’siri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog ‘jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi. 1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko ‘rilganda, Himolay tog‘lari bilan Gang daryosi o‘rtasida joylashgan Shimoliy Hindistonning ko‘p qismi bir yilda 18,2 mm ko‘tarilganligi aniqlangan. Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko‘p ko‘tarilganligi ma’lum. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent hududining pastkam joylari (Chirchiq daryosi, Qoraqamish va Bo‘zsuvning quyi oqimlari) cho ‘kayotgan bo‘lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o‘tgan joylar, Yunusobod) ko‘tarilayotganligini ko‘rsatdi. Yer po‘stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog‘lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling