Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Kommivoyajer – firma ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotni sotuvga
taqdim etuvchi shaxs.
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan
korxonalarning muvaqqat birlashmasi.
Kooperasiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum
mahsulotni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Kreditor qarzdorlik – korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik
yoki jismoniy shaxslarga to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’lib, ular
me’yordagi (muddati o’tmagan) hamda muddati o’tgan qarzdorliklarga bo’linishi
mumkin. 
Konfiskasiya – majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara
qilish va davlat ixtiyoriga o’tkazish.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikasiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat
sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi
asosida tarkib topadigan yirik ko’p tarmoqli korporasiya.
Konsessiya – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni
o’zlashtirish maqsadida davlat yoki munisipalitetga qarashli yer uchastkalari,
qazilma boyliklari, mol-mulk, korxonalar va boshqa xo’jalik obyektlarini muayyan
muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan
beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv.
Korxonaning bankrotligi
 
korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
nochorlikka yuz tutishi natijasida o’z qarz majburiyatlari bajara olmasligi. Korxona
xo’jalik sudining qaroriga ko’ra rasmiy holda bankrot deb e’lon qilinadi.
Kon’yuktura – xo’jalikning ma’lum davridagi holatini xarakterlovchi
ko’rsatkichlar to’plami.
Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega, xo’jalik yurituvchi subyekt. U
jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasurruf etadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling