4
1-mavzu. LOGISTIKA KURSINING PREDMETI VA
VAZIFALARI
1.1. Logistika ob'ekti, mavzusi, asosiy tushunchalari
1.2. Logistikaning funktsional yo'nalishlari va ularning
xususiyatlari
1.3. Davlat va xususiy sektorda asosiy muammolar va logistika
yechimlari
1.1. Logistika ob'ekti, mavzusi, asosiy tushunchalari
"Logistika"
fanining
maqsadi
talabalarga
funktsional
bo'linmalarning va umuman butun korxonaning logistika tizimini
ishlab chiqish, boshqarish va joriy qilish sohasidagi
asosiy bilimlarni
berishdir. Talabalar korxonaning logistika quyi tizimlarini o'zaro va
tashqi infratuzilmaga qo'shilish qoidalarini ishlab chiqish sohasida
ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak.
Kursning asosiy vazifalari talabalarga
ishlab chiqarish va
ta'minot tizimlarining ishlashini tahlil qilish ko'nikmalarini berish,
ularni
logistikada
yo'naltirilgan
boshqaruvda
kompleks
yondashuvning muhimligini anglash. Logistika tarkibiy qismlari va
ularning o'zaro aloqalari - axborot logistikasi, inventarizatsiya (zaxira)
logistikasi,
omborxonalar logistikasi, transport logistikasi,
boshqaruv
(menejment)
logistikasini
tashkil
qilish,
shuningdek
biznes
bo'linmalari o'rtasida iqtisodiy murosani topish ko'nikmalarini
o'rganish.
Logistika kursi makro va mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodiyoti,
ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari, menejment, marketing asoslari,
shuningdek amaliy matematikani va kompyuter muhandisligi,
dasturlash va ma'lumotlar bazasini tashkil qilishni o'rganadigan fanlar
bilan uzviy bog'liqdir.
Logistika tushunchalari, rivojlanish tarixi.
Logistika fan sifatida o'rganish mavzusi oqim jarayonlarini
optimallashtirishdir.
Logistika
tamoyillari:
sinxronizatsiya,
optimallashtirish va integratsiya - ishlab chiqarish
tizimlarini tashkil
etish va samaradorligini oshirishda asosiy uslubiy yondashuv bo'lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: