Tajriba qismi
Download 401.42 Kb.
|
alkenlar Risolat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Butanni ikki bosqichli degidrirlash
3. Butanni degidrirlash
Butandan butadien olish - eng keng tarqalgan usuldir. Ham- do‘stIik mamlakatlarida butanni ikki bosqichli degidrirlash jarayonida olingan butadienning tannarxi 8% ga, nisbiy kapital xarajatlar 70% ga butadienni etil spirtidan olish usulidagi mos ko‘rsatkichlarga nisbatan pastdir. Sanoatda butadienni C4 uglevodorodlaridan olishning 2 usuli qo‘llaniladi: 1. Butanni ikki bosqichli degidrirlash. 2. Butanni bir bosqichli degidrirlash (Gudri metodi) xorijda qo‘llaniladi. 4. Butanni ikki bosqichli degidrirlash Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib: 1. n-Butanni degidrirlab n-butilenlami olish. 2. n-Butilenlami degidrirlab butadien olish. 5. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish n-Butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi sxema bo‘yicha ketadi: CH3-CH2-CH2-CH3- n- butan ► СНз-СН=СН-СНз+Н2 -30,1 kkal/mol buten-2 ►CH2CH-CH2-CH3+H2- 27,1 kkal/mol buten -1 Reaksiya issiqlik yutilishi va hajmni oshishi bilan degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550-580°C) va quyi bosim (atmosfera) ahamiyatlidir. Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksididagi xrora oksidi ishlatiladi: 40% Cr03, 10% BeO va 50% АЛ2О3 . Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori temperaturada katalizator ishtirokida borib, uglerodli moddalar - koksni yig‘ilishiga olib keladi, bu esa aktivlikni pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regeneratsiya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi. n-butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n-butilenlami saImog‘i xomashyoni ko‘p martalab resirkulatsiya qilingandan keyin parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash natijasida gazlar tarkibida 25-30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan-butilen fraksiyasidan suvli aseton yordamida ekstraktiv hay- dash bilan ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi. Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvurcha, 050mm, /=3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan) da statsionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrirlashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi. Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sarfming ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatomi yetarli bo‘lmagan bir tekis isishi (ayrim yerlarda katalizatomi isib ketishiga olib keladi) ni sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshirildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (8-rasm). Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktoming seksiyalashtiriluvchi katalizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga, bu esa n-butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi. Reaktorning texnik xarakteristikasi 1. Apparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim -0.3 kgs/sm2. 2. Apparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim -1,35 kgs/sm2. 3. Muhit-kuchli eroziyali kuchsiz korroziyali. 4. Korpus materiali -uglerodli po‘lat. 5. Ichki futerovka materiali -o ‘tga chidamli g‘isht. 6. Ichki sirt materiali -yuqori legirlangan po‘lat. 7. Apparatning maksimai balandligi -28400mm. 8. Tashqi korpus bo‘yicha diametr-6400mm. Qaynar qatlamli butanni butilenlarga degidrirlash reaktor- regenerator blokining prinsipial sxemasi. 1-reaktor; 2-regenerator; 3-siklonlar; 4-toblash ilon izi quvurchalari; 5-regenerator transport chizig'i; 6-reaktor transport chizig4; 7-qaynar qatlam (qavat) zonasi; 8-desorber; 9- katalizatorni qaytarilish zonasi. 6. n-butilenlarni degidrirlash n-butilenlami degidrirlash quyidagi sxema bo‘yicha ketadi: CH2=CH-CH2CH3+CH2CH=CHCH2-------------► CH2-C H C H -CH 2 + 2 H2 Reaksiya yuqori temperaturada (620-650°C) va quyi parsial bosimda (70-100/w/w simob ustuni)da olib boriladi. Uglevodorodlami parsial bosimini suv bug‘lari balan suyultirish (bug1: butilenlar= = 10+20:1 molyar nisbatda) hisobiga pasaytirishga erishiladi. Katalizator sifatida K-16 (temir, magniy, xrom, rux va kaliy oksidlari) yoki KNF (kalsiy nikelfosfatli), ya’ni suv bug‘ini sezmaydigan katalizatorlar ishlatiladi. Jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi Tajriba qism Download 401.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling