Tajriba qismi
NEFT TARKIBIDAGI ALKADIENLAR
Download 401.42 Kb.
|
alkenlar Risolat
NEFT TARKIBIDAGI ALKADIENLAR.
Bug` fazadagi kreking va piroliz mahsulotlarida 5-10% (mass.) gacha alkadienlar mavjud. Ushbu konyugirlangan (o`zaro ta'sirlashgan) bog`li alkadienlar asosan quyidagilardir: 1,3 - butadien, 1,3 - pentadien (piperilen), siklopentadien. O`zaro ta'sirlashgan bog`li birikmalarning eng asosiy xususiyatlari - alohida qo`shbog`li birikmalarga nisbatan ularning yuqoriroq reaksiyaga kirishuvchanlik qobiliyatidir. O`zaro ta'sirlashgan ikki qo`shbog`li moddalar ayrim hollarda yaxlit bir to`yinmagan sistema kabi o`zini tutadi. Masalan, o`zaro ta'sirlashgan bog`li moddalarga birikish reaksiyalari chekkalardagi 1,4 - uglerodlarga ketib, 2,3 holatdagi uglerodlarda esa yangi qo`shbog` vujudga keladi: Faqat oz miqdordagi butadiengina alkenlarga o`xshab reaksiyaga kirishadi. Reaksiya ikki bosqichda borib, oraliq mahsulot allil ioni hosil bo`lishi bilan ketadi: O`zaro ta'sirlashgan bog`li alkadienlar o`ziga xos reaksiyasi dien - sintezi (Dils - Alder reaksiyasi) dir. Alkanlarni termik qayta ishlashda arenlarning hosil bo`lishi ushbu reaksiya asosidadir, deb hisoblaydilar: Neft tarkibidagi alkadienlarni miqdoran aniqlashda dienlarning malein angidridi bilan kondensatsiya reaksiyasi ishlatiladi: O`zaro ta'sirlashgan bog`li dien uglevodorodlarning juda zarur xususiyatlaridan biri - ularning polimerizatsiya reaksiyalariga o`ta oson kirishishidir. Ayrim dienlarning polimerlanishida juda katta zanjirlar hosil bo`ladi. n CH2 = CH – CH = CH2 [- CH2 – CH = CH – CH2 -]n Ushbu tipdagi reaksiyalar sintetik kauchuk olish asosida yotadi. Eng ko`p sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan ikki alkadien: 1,3 - butadien va uni gomologi 2 - metil 1,3 - butadienlardir. Atsetilen tabiiy sharoitda gaz, - 83,80C hamda 0,1 MPa bosimda kondensirlanadi. Kritik harorati 35,50C va kritik bosimi 6,2 MPa ga teng. Boshqa uglevodorod gazlari kabi atsetilen havo va kislorod bilan portlash xavfi bor aralashma hosil qiladi. Ushbu chegara konsentratsiyasi juda keng bo`lib, hajmiy nisbatlar havo: C2H2 q 1:2,0 dan to 1:81 gacha. Atsetilenning portlash xavfi uning ayrim metallar (Cu, Ag) bilan portlashga xavfli birikmalar - atsetilenidlarni hosil qilishi bilan chuqurlashadi. Masalan, CuCCCu birikmasi. Diolefin uglevodorodlarga butadien (a) va izopren (b) lar mansub bo‘lib, ular sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer sifatida ishlatiladi. a) CH2=CH-CH=CH2; b) CH2=CH-C=CH2 CH3 1. Butadien olishning asosiy sanoat usullari Download 401.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling