Tajriba qismi
TOʼYINMAGAN UGLEVODORODLARNING XOSSALARI
Download 401.42 Kb.
|
alkenlar Risolat
TOʼYINMAGAN UGLEVODORODLARNING XOSSALARI
Xom neft va tabiiy gazlarda to`yinmagan birikmalar (alkenlar, di-, tri- va polienlar, alkinlar) bo`lmaydi. Ular neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo`ladi. To`yinmagan birikmalar - asosiy organik va neftkimyoviy sintezda eng zarur xomashyolardan biridir. To`yinmagan birikmalarni olishning ikki guruhi mavjuddir: To`yinmagan birikmalar - yonaki mahsulot bo`lgan jarayonlar. Birinchi guruh jarayonlariga termik va katalitik kreking, neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari bo`lib, ularning asosiy maqsadi - yoqilg`i va neft koksi ishlab chiqarishdir. Ikkinchi guruh jarayonlari piroliz, quyi molekulyar alkenlarning polimerizatsiyasi, alkanlarni degidrirlash va metall – organik katalizatorlar ishtirokida alkenlar sintezlarini o`z ichiga oladi. Suyuq fazadagi termik kreking gazida (470 - 5200C; 2 - 5 MPa) taxminan 20 % (hajmiy), bug` fazadagi termik kreking gazida (530-6000C; 0,1 0,5 MPa) va piroliz (670-9000C; 0,1 MPa) gazlarida 30 - 50% (hajmiy) miqdorda to`yinmagan birikmalar mavjuddir. Neft xomashyosini termik ishlanganda hosil bo`ladigan gazlarning tarkibi quyidagi jadvalda berilgan Oddiy sharoitlarda quyi alkenlar C2–C4 gaz, C5–C17– suyuqlik, undan yuqori molekulyar alkenlar esa qattiq moddalardir. Quyi alkenlarning ayrim xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kritik harorat maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, quyi harorat va yuqori bosimda etilenni suyuq holatga oʼtkazish mumkin. Boshqa alkenlar esa bosim ostida suv bilan sovutish orqali suyuladilar. Neftni qayta ishlash sanoat jarayonlarida alkenlar alkanlar bilan aralashma holida olinadi. Ularning xossalari sezilarli farqlanadi, shu bois individual birikmalarni ajratib olishda undan foydalaniladi. Normal tuzilishli 1-alkenlar mos alkanlarga nisbatan pastroq qaynash va erish haroratlariga ega, biroq pentan va 1–pentenlar misolida (jadvalga qarang) yuqori zichlik va sindirish koʼrsatkichiga egadir.
Download 401.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling