Тактик медик


Download 1.13 Mb.
bet12/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

Birinchi tibbiy yordam – qoida bo‘yicha jarohat olgan yoki kasallik rivojlangan joyda o‘ziga-o‘zi tartib tariqasida (yarador o‘zi bajaradi) yoki o‘zaro yordam tariqasida (do‘sti tomonidan) hamda o‘qchi-sanitarlar, sanitarlar, sanitariya yo‘riqchilari va boshqa tibbiy tarkib tomonidan ko‘rsatish. Buning uchun shaxsiy aptechka (AI), shaxsiy bog‘lov paketi (ShBP-PPI), shaxsiy kimyoviy paket (ShKP-PPI), qo‘shinlar tibbiy sumkasidagi (QTS-SMV) vositalar, sanitar sumkasi va qo‘l osti vositalari ishlatiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan asosiy maqsad, yarador hayotini saqlab qolish, olgan jarohatlanish og‘ir oqibatlarining oldini olish yoki asoratlarini kamaytirish, yaradorlarni keyingi tibbiy evakuatsiya bosqichiga xavfsiz ravishda evakuatsiya qilishni ta’minlash, jarohatlanganlarga radioaktiv, zaharlovchi va boshqa zararli vositalar ta’sirlarini kamaytirish yoki to‘liq yo‘qotish hisoblanadi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari juda ham oddiydir. Jang maydonida jarohatlanganlarga ko‘rsatishgan birinchi tibbiy yordam hajmiga quyidagilar kiradi;
- jarohatlanganlarni qidirish, ularni jangovar mashinalar, turli inshootlar, bosib qolgan joylardan qutqarish;
- jarohatlanganlarning yonayotgan kiyim-boshini o‘chirish yoki jarohatlangan tanasida yonayotgan yonuvchi aralashmani o‘chirish;
- ochiq turdagi qon ketishini vaqtincha to‘xtatish (magistral qon tomirini barmoq bilan bosib turish, qon to‘xtatuvchi jgutlar yoki bosib turuvchi bog‘lovlar yordamida);
- asfiksiyaning oldini olish yoki uni bartaraf etish uchun yuqori nafas yo‘llarini qon, shilliq modda va yot jismlardan xolos etish;
- tilning orqaga ketib qolishi oldini olish uchun fiksatsiya qilish, nafas olish trubkasini og‘ziga kiritish;
- nafas olishi, qon aylanishi aniqlanmaganda sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilish;
- jarohatlangan joy yoki kuygan yuzaga himoyalovchi bog‘lam qo‘yish, ochiq pnevmotoraksda esa shaxsiy bog‘lov paketining rezinalangan qoplamasi yordamida okklyuzion bog‘lov qo‘yish;
- jarohatlangan joylarni oddiy qo‘l ostidagi vositalar bilan immobilizatsiya qilish;
- og‘riqsizlantiruvchi va ziddi-zahar (antidot) vositalarini shpris-tyubiklar yordamida muskullar orasiga yuborish;
- shaxsiy aptechkadan radioprotektor va antibiotiklarni ichish uchun berish;
- jarohatlanganlarga gazniqob va himoya kiyimlarini kiydirish (zararlanish joylarida bo‘lgan vaqtlarida) hamda zudlik bilan zararlangan hududdan olib chiqish;
- yaradorlarga qisman sanitar ishlovini o‘tkazish.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling