Тактик медик
Sun’iy nafas berishning «og‘izdan-burunga» usuli
Download 1.13 Mb.
|
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Safar uchligi
- Esda tuting!
Sun’iy nafas berishning «og‘izdan-burunga» usuli. Jarohatlanganning jag‘i qattiq yopilib qolishi, yoki pastki jag‘ning sinishi holatlarida og‘iz orqali sun’iy nafas berishning imkoni bo‘lmaganda “og‘izdan burunga” usulidan foydalaniladi.
Bunda ham jarohatlanganning bo‘yni ostiga yostiqcha qo‘yilib, boshi orqaga engashtiriladi, pastki jag‘ (iyak) yuqoriga ko‘tarilib, yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ta’minlanadi. Havo jarohatlanganning burni orqali o‘pkaga puflab kiritiladi. Bunda tilning orqaga ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘l bilan pastki jag‘ oldinga tomon surib turiladi. Agar nafas to‘g‘ri berilayotgan bo‘lsa, jarohatlanganning o‘pkasiga havo kirayotganligi belgisi sifatida uning ko‘krak qafasi ko‘tariladi, nafas berish to‘xtatilganda esa o‘z holiga qaytadi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarning to‘liq obturatsiyasida kasal nafas olishga harakat qilganda ko‘krak qafas va bo‘yinning old yuzasi pastga qarab botadi. Bu holat juda ham xavfli bo‘lib, miyada chuqur gipoksiyani, o‘pkalar shishini rivojlanishiga va nafas olish funksiyasining tamoman ishdan chiqishiga sababchi bo‘ladi. Bunday holatda kasal boshining ostiga yostiq quyilsa nafas yo‘llarining qisman obturatsiyasini to‘liq obturatsiyasiga o‘tishiga sabab bo‘ladi, ayniqsa til ildizi orqaga ketishi kasalning o‘limiga olib kelishini doimo esda tutish zarur. Yordam ko‘rsatish uchun kasal chalqancha qilib, qattiq yuzaga yotqiziladi. Shundan so‘ng Safar uchligi deb nomlangan usulda yordam ko‘rsatishga kirishiladi. Safar uchligi usuli tadbirlarining ketma-ketligi: - Safarning birinchi usuli – kasal boshi orqaga qarab engashtiriladi. Buning uchun bo‘yin orqasidan qo‘l bilan ushlab ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan peshona yuqoridan pastga bosib ushlanadi, bosh orqaga qarab egiladi. Bunday holatda (80% ga yaqin) nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi tiklanadi. Esda tuting! Umurtqaning bo‘yin qismi shikastlanishi boshni orqaga qayirishga qarshi ko‘rsatmadir (orqa miya shikasti ehtimoli borligi uchun); Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling