Тактик медик


Yurak massajining samaradorlik belgilari


Download 1.13 Mb.
bet4/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

Yurak massajining samaradorlik belgilari: uyqu arteriyasi, son yoki bilak arteriyalarida puls paydo bo‘lishi, ko‘z qorachiqlarining torayishi, ularda yorug‘likka reaksiya paydo bo‘lishi, teridagi rangparlikning yo‘qolishi, keyinchalik mustaqil nafas olishning tiklanishi.
Eslatma. Puls aniqlanmasdan turib ko‘z qorachig‘i kattalashgan bo‘lsa yurak-o‘pka reanimatsiyasini davom ettiring. Agarda ko‘z qorachiqlari qisqargan bo‘lsa, nafas olish paydo bo‘ladi, shuning uchun o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiyasi amalga oshirish davom ettiravering.
Asoratlari: Yurakning tashqi massaji qo‘pollik bilan o‘tkazilishi ko‘pincha qovurg‘alarning sinishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida plevral parda va o‘pkaning teshilishi, yurakning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Eslatma. Haddan tashqari kuch bilan bosilganda qovurg‘alarni va xanjarsimon o‘simtani sinishi kuzatilishi mumkin. Kam kuch bilan bosilganda qon aylanish doirasi bo‘yicha qon bosimini hosil qilishni ta’minlamaydi.
Massaj jarayonida bosish joyni noto‘g‘ri tanlanishida (yurak emas, oshqozon ustini) oshqozonni bosilishi natijasida undagi ovqat massalarining qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqishi va nafas yo‘llariga, bronxlarga tushishi hamda jarohatlanganning o‘limiga sabab bo‘ladi.
To‘sh xanjarsimon o‘sig‘i usti qo‘pollik bilan qattiq bosilganda, oshqozon
va jigarning yorilishini keltirib chiqarishi mumkin.







Yuqori nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklash



Eslatma: Quyidagi holatlarda yurakni bilvosita massaji ijobiy deb baholanadi:
- uyqu arteriyasida har bir bosishga javoban pulsatsiya aniqlansa;
- yelka arteriyasida 60-80 mm.sim.ust.ga teng arterial qon bosimi paydo bo‘lsa;
-sianoz tarqalib, ko‘z qorachiqlari torayib, ko‘z soqqasining harakati paydo bo‘la boshlasa.
Sun’iy nafas berishdan oldin yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda (yot jismlardan tashqari) til ildizi halqum orqa devoriga tegib qoladi (til ildizini halqum orqa devori ustida ushlab turuvchi pastki jag‘ va bo‘yin muskullari tonusi yo‘qolgach, til o‘z og‘irligi bilan tushib, halqum orqa devoriga tegib qoladi).
Buning uchun jarohatlanganning bo‘yni ostiga kiyim-kechaklari vositasida tayyorlangan yostiqcha qo‘yiladi. Boshni biroz orqaga engashtirilib, pastki jag‘ oldinga suriladi va og‘iz ochiladi (Safar uchligi). Nafas o‘tkazuvchanligini ta’minlash uchun, qutqaruvchi qo‘liga toza doka yoki ro‘molcha o‘rab jarohatlanganning og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak, qusiq qoldiqlari va boshqa jismlardan tozalaydi.
O g‘iz biroz ochilib, shaxsiy gigienaga amal qilish maqsadida bint, doka, sochiq, dastro‘mol jabrlanganning og‘zi ustiga qo‘yiladi hamda bir marta kuch bilan nafas beriladi. Berilayotgan nafasni burun orqali chiqib ketmasligi uchun bir qo‘l bilan jarohatlanganning burni yopib turiladi. Nafas berish jarayonida qutqaruvchi nigohi bilan ko‘krak qafasini kuzatib turadi. Agar nafas to‘g‘ri berilayotgan bo‘lsa, jarohatlanganning o‘pkasiga havo kirayotganligi belgisi sifatida uning ko‘krak qafasi ko‘tariladi, nafas berish to‘xtatilganda esa o‘z holiga qaytadi.
Og‘izdan-og‘izga nafas oldirish amali qutqaruvchida gigienik noqulayliklarni vujudga keltiradi. Ushbu noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida nafas olish nayi ishlatiladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy mol-mulk ta’minotida S–simon shakldagi maxsus nafas oldirish nayi mavjud. U qattiq rezinadan tayyorlangan naydan iborat bo‘lib, o‘rtasida dumaloq to‘sig‘i (ajratgichi) bor.
Nafas oldirish nayi orqali nafas oldirishda ham, avval yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ta’minlanishi zarur, ya’ni jarohatlanganning bo‘yni ostiga kiyim-kechaklari vositasida tayyorlangan yostiqcha qo‘yilib, boshni biroz orqaga bosib, pastki jag‘ oldinga suriladi. Qutqaruvchi qo‘liga toza doka yoki ro‘molcha o‘rab jarohatlanganning og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak, qusiq qoldiqlari va boshqa jismlardan tozalagandan keyin, nafas oldirish nayi jarohatlanganning og‘ziga kiritishda uning qayrilgan tomoni yuqoriga yo‘naltirib (tilning ustidan tanglayga) og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi. Kichik tilcha ro‘parasida uning qayrilgan uchi pastga buriladi va til ildiziga tomon yo‘naltiriladi. Nafas berish jarayonida qutqaruvchi nigohi bilan ko‘krak qafasining harakati kuzatib turadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling