Тактик медик


Download 1.13 Mb.
bet3/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

Yurak massajining ikki turi mavjud - ko‘krak qafasini yopiq holatda qo‘l bilan bilvosita, hamda ko‘krak bo‘shlig‘i organlarida operatsiya olib borishlari vaqtida qo‘llaniladigan ochiq yoki bevosita massaj.
Tashqi massajning mohiyati yurakni to‘sh va umurtqa pog‘onasi orasida ritm bilan siqishdan iborat. Bunda, ya’ni to‘sh ustidan bosilgan vaqtda qon chap qorinchadan aortaga haydaladi va butun tanaga, shu jumladan bosh miyaga ham yetib boradi. Shu paytning o‘zida o‘ng qorinchadan o‘pkaga tushib, bu yerda kislorodga to‘yinadi. To‘sh ustiga bosim tushishi to‘xtaganda yurak bo‘shliqlari kengayib, yurak (chap qorincha) yana qonga to‘ladi.






Qo‘llar holati

Massaj chuqurligi

Eslatma. Kompressiya uchun yetarlicha maydon hosil qilinadi. Xanjarsimon o‘simta tutqichi ustiga qo‘llarni qo‘ymaslik kerak, bu xanjarsimon o‘simtani sinishiga va jigar va yumshoq to‘qimalarni jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Tibbiy yordam ko‘rsatayotgan shaxs jarohatlanganning chap yon tomonida turadi. Bosish nuqtasini aniqlash uchun dastlab ko‘krak qafasini tashqi kiyimlardan xolos qilgandan keyin, to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i topiladi. Xanjarsimon o‘siqdan 2 barmoq enicha yuqoriga qutqaruvchi bir qo‘lining kaftini qo‘yadi va uning ustidan ikkinchi qo‘li kaftini qo‘yadi.
Barmoqlaringizni «kapalak» ko‘rinishda maksimal ravishda yuqoriga tortgan holda yoying Natijada massaj vaqtida to‘shning pastki uchdan bir qismi bosilishiga, ya’ni aynan yurak proeksiyasi usti bosilishiga erishiladi.
Bosish nuqtasiga kaftning faqat ichki yuzasi emas, barmoqlarning ham tegishi massaj samaradorligiga putur yetkazish bilan birgalikda qovurg‘alarning qo‘shimcha jarohatlanishiga olib keladi. Quqaruvchi ustma-ust qo‘yilgan qo‘l kaftlarini umurtqa pog‘onasiga yo‘naltirib, kuch bilan bosadi. Massajning samaradorligini ta’minlash uchun bosish chuqurligi 4-5 smni tashkil qilishi kerak.
Shu tarzda to‘sh daqiqasiga 100 martadan kam bo‘lmagan miqdorda (100-120) bosiladi. Kompressiyalar orasida pauzani hosil qilmagan holda «yuqoriga-pastga» doimiy ritmni ushlab turiladi. Massajda qutqaruvchi to‘shni bosish jarayonida qo‘lini tirsak sohasidan bukmasdan, to‘g‘ri tutgan holda tanaga perpendikulyar yo‘naltirishi va butun gavdasi bilan bosish kerak.
Yurakning tashqi massajini amalga oshirish bilan bosh miyada qon aylanishi ta’minlanadi, endigi vazifa esa bosh miyaga borayotgan qonni kislorod bilan to‘yintirishdir. Buning uchun massaj jarayoniga sun’iy nafas berish amali qo‘shiladi.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi uni nechta qutqaruvchi ishtirokida o‘tkazilishidan qat’iy nazar, to‘sh ustini bosish harakatlari soniga nisbatan har 30 ta bosishdan keyin massaj qisqa muddatga to‘xtatilib, og‘izdan-og‘izga (og‘izdan-burunga, yoki havo o‘tkazgich nay yordamida) 2 marta havo beriladi. Har 2 daqiqadan keyin uyqu arteriyasida pulsni va ko‘z qorachig‘lari reaksiyalarni aniqlash, biologik o‘lim sodir bo‘lgunga qadar pulsni va nafas olishniini paydo bo‘lishi ustidan nazorat qilib boriladi.
Eslatma. Nafas olish chastotasi va yurakni qisqarish chastotasi optimal nisbatini (30:2nisbatga) ta’minlashga harakat qiling.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling