Тактик медик


C. Bir vaqtning o‘zida qon aylanishi yurakning tashqi massaji yordamida tiklanadi. A


Download 1.13 Mb.
bet9/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

C. Bir vaqtning o‘zida qon aylanishi yurakning tashqi massaji yordamida tiklanadi.


A. (Airway) - Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash.
Buning uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- kasal chalqancha yotqiziladi;
- kasalning boshi orqaga tashlagan holda, pastki jag‘i ko‘tariladi va og‘zi ochiladi (P. Safarning uchlik usuli);
- kasalning og‘zi, burni va halqumini tozalash;
- orofaringeal nafas nayini o‘rnatish;
- chuqur nafas olib, kasalning og‘zi yoki burni orqali uning o‘pkasiga havo puflab ko‘rish;
- traxeyani intubatsiya qilish, traxeya va bronxlarni so‘rg‘ich vositasida tozalash yoki konikotomiyani bajarish;
- bronxospazmni bartaraf qilish.
B. (Breath) - O‘pka sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish.
Kasalga sun’iy nafas (og‘izdan-og‘izga) berganda, puflanadigan havo tarkibidagi kislorod miqdori 16-18% ga teng bo‘ladi. Har bir nafas berishdagi puflanadigan havo miqdori (10-12 ml/kg) 500-700 ml atrofida va davomiyligi 2 sekundgacha bo‘lishi kerak. Havoni puflash davomiyligi cho‘zilganda puflangan havo me’daga o‘tishi mumkin. Puflash jarayonini kasalning ko‘krak qafasi sezilarli darajada ko‘tarilguncha tezkor amalga oshirish kerak.
Sun’iy ventilyatsiya o‘tkazish uchun maxsus respiratorlardan ham, jumladan, qo‘l vositasida harakatga keltiriluvchi «qopchiq»dan foydalaniladi.
Ayrim hollarda (kasal intubatsiya qilinmagan bo‘lsa) nafas o‘tmay qolishi tomoqda yot jism borligidan darak beradi. Bu holatda Geymlix usuli qo‘llaniladi
Yana shuni ta’kidlash joizkim, qanchalik tez va sifatli yurak o‘pka peanimatsiyasini o‘tkazilsa, jarohatlanganning hayoti saqlanib qolinadi hamda asoratlarning oldini olgan bo‘ladi. Buni hamma vaqt har bir harbiy xizmatchiga yetkazish zarurdir.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling