III daraja - xayot uchun zarur a’zolar faoliyatini reanimatsion chora tadbirlardan keyin uzok vakt ushlab turish Kuyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
G - (gauging) — bemor xolatini baxolash;
N - (human mentation) bemor xushini tiklash;
I — organlar faoliyati yetishmovchiligi korreksiyasi.
Xarakatlar ketma –ketligi:
tashqi ta’sirlarga javob reaksiyasini tekshirish
yordam so‘rash
shikastlanuvchini to‘g‘ri joylashtirish va nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash
mustaqil nafas borligini aniqlash
puls borligini aniqlash
o‘pka – Yurak reanimatsiyasini boshlash.
Xushsiz xolatda bo‘lgan bemorning axvolini baxolash nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash nafas faoliyatini gemodinamikani aniqlash. Reanimatsiyaning asosiy bosqichlari
-A AIR WAY
-C CIRCULATION
-B BREATHING
-D DIFFERENTATION, DRUGS, DEFIBRILLATION
- AIR WAY nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash (tilni orqaga ketib qolishining oldini olish,zarurat bo‘lsa traxeya intubatsiyasi).
CIRCULATION - Qon aylanishini tiklash, ya’ni yurakning bilvosita massajini bajarish vaqtida to‘sh suyagi proeksiyasidan ikkala qo‘lni kapalakga o‘xshatib, jabrlanuvchini qattiq va tekis joyga yotqizilgan holda, yonida tik yoki tizzaga o‘tirgan xolda ko‘krak qafasi to‘sh soxasining xanjarsimon o‘simtasidan 2 barmoq yuqorida tirsaklar bukilmagan holda eziladi. faqat qo‘l kuchinigina emas, butun tana kuchini ishlatish lozim. tirsak bo‘g‘imida tekislangan holda ko‘krak qafasini 3-5 smgacha ichkariga bosish yo‘li bilan yurak yopiq massaji o‘tkaziladi:
- to‘sh xarakati amplitudasi 4 - 5 sm, soni 100-120 marta minutiga.
- yordam beruvchilar necha kishiligidan qat’iy nazar massaj – nafas nisbati 30:2.
- sun’iy nafasning har 8 siklidan so‘ng 2-3 minutda puls aniqlanadi.
- sun’iy nafas beruvchi yurak massajining adekvatligini uyqu arteriyasi orqali nazorat qilib turadi.
BREATHING - O‘pka sun’iy ventilyatsiyasini boshlash, bunda asosan ko‘krak qafasi ekskursiyasiga e’tibor berish zarur. Jarohatlanagan o‘zi erkin nafas olayotganligi yoki nafas yo‘qligini ko‘rish. O‘pkani suniy ventilyatsiyasini bir kishi yoki ikki kishi qilishi mumkin. Bunda asosan 30:2 nisbatni inobatga olgan nisbatda nafas berish boshlanadi. Yurakni yopiq massaji 30 marotaba qilingandan keyin yordam beruvchi chuqur nafas olgan holda, dokali marli yoki bint qo‘yilgandan keyin, nafas beriladi. Bunda asosan nafas qaytib kelishini kuzatish undan tayqari ko‘krak qafasi ekskursiyasiga e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |