Тактик медик


- Safarning ikkinchi usuli


Download 1.13 Mb.
bet6/13
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1380613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4. Парамед. 5 мавзу - лотин - 09.04.23

- Safarning ikkinchi usuli – pastki jag‘ni oldinga va yuqoriga ko‘tarish. Jag‘ pastidan yoki burchaklardan ikkala qo‘llar bilan ushlab bajariladi. Jag‘ ko‘tarilganda yuqori va pastki tishlar bir xil tekislikda bo‘lishi kerak;




Safarning birinchi usuli. Kasal boshini orqaga engashtirishda qo‘llarning holati.




Safarning ikkinchi usuli. Kasal pastki jag‘ini yuqoriga ko‘tarishda qo‘llarning holati.



- Safarning uchinchi usuli – og‘iz ochiladi va tekshirib ko‘riladi. Og‘izda
va halqumda nafas olish uchun halaqit berayotgan qon, shilimshiq, qusuq massalar aniqlanganda, barmoqqa o‘ralgan salfetka yoki dastro‘molcha yordamida ularni olib tashlashga harakat qilish kerak. Ushbu muolaja bajarilayotganda kasal boshi yonboshga buraladi.








Safarning uchinchi usuli – og‘izni ochish va yuqori nafas yo‘llarini tozalash.


Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni 1 daqiqadan kam bo‘lgan vaqt orasida amalga oshirish kerak.
Ko‘krak qafasini ekskursiyasi va passiv nafas chiqarish ustidan kuzatgan holda kasal og‘ziga havoni puflash amalga oshiriladi. Agar havo puflaganda nafas yo‘llari o‘tkazuvchan bo‘lsa o‘pkalarga havo o‘tadi, bunday hollarda o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiyasini amalga oshirish davom ettiriladi.
Agar hafo puflaganda ko‘krak qafasi ko‘tarilmasa, nafas yo‘llarida yot jism mavjudligiga gumon qilinadi. Bunday holda:
- ko‘rsatkich barmoq halqumga, til asosigacha kiritilib (tiqib), ilmoqqa o‘xshatib yoki ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarni tiqib pinsetga o‘xshatib yot jismni chiqarib tashlashga urinib ko‘rish kerak;
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ta’minlangach, kasalning o‘pkasiga 1-2 marta nafas beriladi. Agar bunda ko‘krak qafasi ekskursiyasi kuzatilmasa nafas yo‘llari yot jism bilan to‘silganiga gumon qilish mumkin. Yot jismni qorinni yoki ko‘krak qafasining pastki qismlarini bosish bilan (Geymlix usulida) ham chiqarib tashlashga urinib ko‘rish mumkin (ko‘krak qafasining pastki qismi yoki qorinning yuqori qismi 3-4 marta bosilib, sun’iy yo‘tal hosil qilinadi).
- agar yot jismni chiqarishni iloji bo‘lmasa, kasal yonboshiga yotqizilib, kaft bilan uning orqasiga (kuraklar o‘rtasiga) to‘rt-besh marta kuchli zarba beriladi, so‘ngra yot jism olib tashlanadi;
- yoki kasalni chalqancha yotqizib epigastral sohaga ko‘krak qafas tomon yo‘naltirgan, pastdan yuqoriga qarab bir nechta kuchli faol turtkilar amalga oshiriladi.







a

b

Chalqancha yotqizgan holatda yuqori nafas yo‘llaridan yot jismni chiqarish usullari:
a – bel sohasiga kuchli zarba berish orqali; b epigastriya sohasiga kuchli turtki berish orqali.


Oxirgi ikkita usul nafas yo‘llarida bosimni oshishiga olib keladi va yot jismni otilib chiqilishiga imkon yaratadi. Bu muolajalarni ehtiyotlik bilan bajarish kerak, qaltis harakatlar jigar, me’da yorilishi, regurgitatsiya kabi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Agar ushbu usul samarasiz bo‘lganda, kasal es-hushida bo‘lsa, unda ikkala usul turgan holatda bajariladi: yordam ko‘rsatuvchining chap kafti kasalni kindik va xanjarsimon o‘simtasi orasiga qo‘yiladi, o‘ng qo‘l chap qo‘lni ustiga qo‘yiladi va qorinni o‘rta chizig‘i bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab kuchli turtki beriladi, og‘iz-halqumdan otilib chiqqan yot jismni barmoqlar bilan olib tashlashga urinib ko‘riladi.
Kasalga tibbiy yordam ko‘rsatishda asifiksiyani bartaraf etib qolmasdan, uni paydo bo‘lishini imkoni boricha oldini olishga harakat qilish kerak. Hushsiz (koma) holatda bo‘lgan shaxslarda og‘iz bo‘shlig‘iga qon oqqanda, til ildizi orqaga siljiganda rivojlangan asfiksiya holati kasal hayotiga kuchli xavf tug‘diradi, bu o‘limga olib kelishi mumkin.
Agar kasal oldida doimo turishga va uning hol-ahvoli ustidan kuzatuv olib borishga imkon bo‘lmasa, unda o‘ta og‘ir holatlarda yoki og‘ir jarohatlanishlarda kasal yonboshiga yotqiziladi va shunday holatda fiksatsiya qilinadi (bunday holatda kasal og‘izidan qonni yoki qusiq massalarni oqib tushishi uchun imkon yaratiladi);
Asfiksiyani oldini olish uchun S-simon havo o‘tkazgich, nazofarengial havo naylaridan foydalanilsa bo‘ladi, bu obturatsiyani oldini oladi va til ildizini ushlab turishga imkon yaratadi.







a

b

Turgan holatda yuqori nafas yo‘llaridan yot jismni chiqarish usullari:
a – bel sohasiga kuchli zarba berish orqali; b epigastriya sohasiga kuchli turtki berish orqali.




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling