Talabalarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va
Zilziladan keyin bajariladigan tadbirlar
Download 152.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zilziladan keyingi harakatlar
Zilziladan keyin bajariladigan tadbirlar: 1. Har bir kishi osoyishtalikni saqlagan holda, eng avvalo zilziladan shikastlanganlarga tez yordam ko‘rsatishi, qattiq qo‘rqqan, karaxt holatga tushib qolgan odamlarni tinchlantirishi, yong‘in xavfini bartaraf etishi, zilzila zararlarini aniqlashi va uni bartaraf etish ishlarini boshlashi kerak (11-rasm). 2. Gaz tarmog‘i, suv quvurlari, elektr simlarini diqqat bilan tekshirib chiqish kerak. Gazning ozgina bo‘lsa ham chiqayotgani sezilsa, tezlikda tashqaridan o‘chirish kerak. Gugurt yoqib yoki sham yordamida gazni tekshirishga urinish xavfli - portlab ketishi mumkin. Gaz chiqayotganligini hidiga qarab aniqlash mumkin. Elektr simlarining butunligiga shubha bo‘lganda, ta’minotni tezlikda o‘chirish lozim. Agar quvurlardan suv chiqayotganligi aniqlansa, uni ham tashqaridan o‘chirish lozim. Hamma avariya holatlari haqida kerakli gaz, suv, elektr tarmoqlari xizmatiga xabar qilish, telefonni ko‘p band qilmaslik talab etiladi. 15 11-rasm Zilziladan keyingi harakatlar 3. Ko‘chadagi yoki shahardagi turli talafotlar bilan tanishishga shoshilmaslik, ko‘chalarni band qilmaslik lozim. Agar shoshilinch yordamga muhtojlar bo‘lmasa xavfli imoratlar ichiga kirmaslik, hattoki yaqiniga ham bormaslik talab etiladi. YAngi silkinishlar ro‘y berishi mumkinligini unutmaslik lozim. Agar shunday imorat ichiga kirish zarur hollarda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Imoratning ayrim joylari to‘satdan ko‘chib tushishi, gaz chiqayotgan, ochiq elektr simlari ochilib qolgan, shisha siniq parchalari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 4. Chiqindi quvurlariga zarar yetmaganiga ishonch hosil qilmaguncha hojatxonalardan foydalanmaslik maqsadga muvofiq. 5. Mustahkam, pishiq va butun oyoq kiyimlaridan foydalanish lozim. Aks holda shisha siniqlari, o‘tkir predmetlar oyoqni kesib yuborishi mumkin. 6. Turli kimyoviy moddalar, benzin kabilar hidini sezganda, bu haqda kerakli xizmatlarga xabar berish lozim. 7. Qo‘l telefonlariga jo‘natiladigan SMS xabarlar, radiodan zilzila haqidagi ma’lumotlarni hamda uning oqibatlarini bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmalarni tinglash va ularga rioya qilish lozim. 8. YAna yangi yer silkinishlari (aftershoklar) ro‘y berishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Birinchi yer silkinishida omonat bo‘lib qolgan binolar yoki ularning ayrim qismlari keyingi yer silkinishlarida qulab tushishi mumkin. 9. Elektr uzilgan, muzlatgichlar ishlamay qolgan taqdirda, birinchi navbatda tez aynaydigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish lozim. Aynimaydigan oziq-ovqatlarni tejamkorlik bilan ishlatish maqsadga muvofiq. Kuchli zilzila bo‘lgan joylarda bir necha kun ta’minot tanqisligi bo‘lishi mumkin. 10. Pechkalar, mo‘rilarga shikast yetmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. Agar yoriqlar bo‘lsa, ulardan foydalanmagan ma’qul. 11. Og‘ir buyumlar qulab tushishi mumkinligini inobatga olgan holda eshik- derazalar, mebellarning eshikchalarini ehtiyotkorlik bilan ochish lozim. 12. Odamlarni qutqarayotgan, zilzila oqibatlarini bartaraf etayotgan militsiya xodimlari, yong‘in-qutqaruvchilar, sog‘liqni saqlash xizmatchilari va boshqalarga qo‘ldan kelgancha yordam berish, har xil mish-mishlar va ovozalarni tarqatmaslik lozim. Zilziladan muxofazalash chora-tadbirlariga zilzila vaqtida va undan so‘ng birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ham kiradi. Quyida birinchi tibbiy yordash berish tartibi keltirilgan: 16 1. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. 2. Zilzilada malakali birinchi tibbiy yordamga qadar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan o‘zaro yoki o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish. 3. SHikastlanganlarga ruhiy (psixologik) yordam ko‘rsatish. 4. SHikastlanganlarning hayotiy muhim ko‘rsatgichlarini aniqlash (pul’s va nafas olish harakatlari). 5. SHikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, suyak sinishida harakatni cheklovchi bog‘lam qo‘yish). 6. Zilzila oqibatida vayronalar tagida qolgan kishilarga yordam ko‘rsatishda ishtirok etish. Download 152.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling