Talablar. Funksional va texnologik jarayonlarning loyihalash ishlaridagi ahamiyati


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1793166
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza



2- MARUZA 
 
BINO VA INSHOOTLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR, 
ULARNING KLASSIFIKATSIYASI VA QO‘YILADIGAN ASOSIY 
TALABLAR. FUNKSIONAL VA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING 
LOYIHALASH ISHLARIDAGI AHAMIYATI. 
 
 
REJA : - Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar.
- Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi.
- Bino va inshootlarga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
- Bino va inshootlarni loyihalashda funksional va texnologik jarayonlar.
 
Tayanch so‘zlar: bino, inshoot, fuqaro binolari, sanoat binolari, funksional 
talablar, texnik talablar, memoriy-badiiy talablar, iqtisodiy talablar.
Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Hozirgi kun qurilish 
amaliyotida “bino ” va “inshoot” tushunchalari mavjuddir. 
Inson faoliyatining xar qanday jabhalari uchun mo‘ljallangan va er ustida 
barpo etilgan bo‘lib ichki hajmlarga ega bo‘lgan qurilmalarga bino deb ataladi. 
(M: TJB, jamoat binolari, sanoat binolari va h.k.). 
Inson tomonidan o‘zining moddiy va manaviy manfaatlarini qondirish 
maqsadida suniy ravishda yaratilgan har kanday qurilma inshoot deb ataladi. 
Ushbu tariflardan ko‘rinib turibdiki bino va inshoot tushunchalari bir biri bilan 
ajralmas va doimo hamohangdir. Bir so‘z bilan aytganda inshoot tushunchasi bino 
tushunchasini ham o‘ziga qamrab oladi, lekin inshootlar hamma vaqt muhandislik 
ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi.
Qolgan turdagi barcha texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan inshootlarni
muhandislik inshootlari deb qarash qabul qilingan (M: televizion machtasi, tutun 
trubasi, rezervuar, ko‘prik va x.k.). Har qanday loyihalanadigan va quriladigan 
binolar o‘zaro bir biriga bog‘liq bo‘lgan va bir birini to‘ldiradigan quyidagi qism 
va elementlardan tashkil topadi , yani: 
1. Binoni butun hajmi bo‘yicha bo‘laklarga bo‘luvchi hajmiy rejalash 
elementlari (qavat, alohida xonalar, binoning uzunligi bo‘yicha aloxida 
hajmlarga bo‘luvchi devorlar, binoni baoandligi bo‘yicha hajmlarga 
ajratuvchi orayopmalar va x.k.). 
2. Binoning strukturasini aniqlovchi konstruktiv elementlar ( poydevor, 
devor, oraliq devor, tom va x.k.). 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling