Talablar. Funksional va texnologik jarayonlarning loyihalash ishlaridagi ahamiyati
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
G1 - sekin yonuvchi;
G2 - o‘rtacha yonuvchi; G3 - normal yonuvchi; G4 - tez yonuvchi. Qurilish maxsulotlarining yonuvchanligi va yonuvchanlik guruxi 30244-94. O‘zRST bo‘yicha aniqlanadi. YOnmovchi maxsulotlar uchun yong‘in xavfsizligining boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanmaydi va meyorlanmaydi. Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlariga qo‘yiladigan yong‘inbardoshlilik darajasi ularga tasir etuvchi yong‘inning bir yoki bir necha marta tasir etishi va tegishli konstruksiyaning chegaraviy holatidan kelib chiqib minutlarda hisoblanadi va quyidagicha belgilanadi, yani: - konstruksiya yuk ko‘tarish qobiliyatining yo‘qotilishi - R - konstruksiyaning butunlay yo‘qotilishi (yonib ketishi) - E - konstruksiyaning issiqlik saqlash xususiyatini yo‘qotilishi - I Qurilish konstruksiyalarining yong‘inbardoshlik darajasi 30247-94. O‘zRST bo‘yicha aniqlanadi. Bunda derazalarning yong‘inbardoshlilik darajasi konstruksiyaning butunlay yo‘qotilishi (yonib ketishi)ni xarakterlovchi (E)ning boshlanishi bilan aniqlanadi. YOng‘in xavfsizligi bo‘yicha qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlari to‘rt sinfga ajratiladi: KO – yong‘inga xavfli bo‘lmagan; K1 – kam yong‘in xavfli; K2 – o‘rtacha yong‘in xafli; K3 – yong‘inga xavfli. Qurilish konstruksiyalarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha sinfi 30403-96 O‘z DST bo‘yicha aniqlanadi. Bino va inshootlar yoki binolarning qismlari, xonalari yoki xonalar guruxi ularda bo‘lib o‘tadigan funksional jarayonlarning borishi, xonalarning yonma-yon joylashishi, xonalarda funksional jarayonlarda ishtirok etuvchilarning soni, yoshi, yong‘in paytida ularga tasir etkachi xavf va boshqalardan kelib chiqib funksional yong‘in xavfsizligi bo‘yicha quyidagi sinflarga ajratiladi: F1 - shaxslarning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishlari uchun mo‘ljallangan va uxlab dam olish xonalariga ega bo‘lgan binolar (barcha turdagi turar-joy binolari, dam olish korpuslari, bolalar uchun mo‘ljallangan binolar, maktab-internatlar, kasalxonalar va x.k. lar). F2 - odamlarining ommaviy holda bo‘lishlari uchun mo‘ljallangan binolar (kinoteatr, teatr, sirk, konsert zallari, muzeylar , vistavka pavilionlari va x.k. lar). F3 – xalqqa xizmat ko‘rsatish muassasalari binolari (savdo, umumovqatlanish muassaslari binolari, avtovokzallar, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar, poliklinikalar, ambulatoriyalar, sport-sog‘lomlashtirish muassalari binolari va x.k. lar). 9 F4 – sutkaning malum bir davrida maxalliy sharoitlarga ko‘nikkan va binoda doimiy ravishda funksional jarayonlarda ishtirok etuvchi shaxslar uchun mo‘ljallangan binolar (maktablar, o‘rta maxsu o‘quv muassalari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy va loyihalash institutlari, mamuriy binolar va x.k. lar F5 – turli ishlab chiqarish jarayonlari va omborxonalar uchun mo‘ljallangan binolar (ishlab chiqarish binolari, laboratoriyalar, ustaxonalar, avtomobillar turish joylari, qishloq xo‘jalik binolari, omborxonalar va x.k. lar). Uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha binolar to‘rt sinfga ajratiladi: - I- sinfga kiritiluvchi binolar 100 yildan ziyod, II- sinfga kiritiluvchi binolar 50- 100 yil, III- sinfga kiritiluvchi binolar 20-50 yil, IV-darajaga kiritiluvchi binolar xizmat qilish muddati 5-20 yil belgilanadi. - uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha I-sinf binolar turkumiga yirik jamoat binolari (teatrlar, muzeylar, mamuriy binolar va x.k. lar), balandligi 9 qavatdan yuqori bo‘lgan turar – joy binolari kiritiladi. I-sinf binolar turkumiga mansub bo‘lgan binolar, har qanday qavatlar soniga ega bo‘lgan taqdirda ham asosiy yuk ko‘taruv konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish va yong‘inbardoshlilik darajasi bo‘yicha I-darajadan kam bo‘lmasligi lozim. - uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha II-sinf binolar turkumiga asosiy hollarda namunaviy loyihalar asosida ommaviy tarzda quriladigan jamoat binolari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha talim muassasalari, umumiy ovqatlanish , savdo muassasalari va x.k.lar) hamda qavatlar soni 9 tadan kam bo‘lgan turar – joy binolari kiritiladi. II-sinf binolar turkumiga mansub bo‘lgan har qanday binolar asosiy yuk ko‘taruv konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish va yong‘inbardoshlilik darajasi bo‘yicha II-darajadan kam bo‘lmasligi lozim. - uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha III-sinf binolar turkumiga juda katta sig‘imlarga ega bo‘lmagan uzoq xizmat qilish bo‘yicha II-sinfga va olovgabardoshlilik bo‘yicha III-sinfga mansub bo‘lgan asosiy yuk ko‘taruv konstruksiyalariga ega bo‘lgan balandligi 5 qavatdan ortiq bo‘lmagan turar-joy binolari, qishloq axoli yashash punktlaridagi jamoat binolari kiritiladi. - uzoq muddatli xizmat kilish qilish buyicha IV-sinf binolar turkumiga esa kam qavatli turar-joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari kiritilib, ushbu turdagi binolar asosiy yuk ko‘taruv konstrukiyalarining uzoq xizmat qilish bo‘yicha darajasi III-darajadan kam bo‘lmasligi lozim, yong‘inbardoshlilik bo‘yicha daraja esa ular uchun o‘rnatilmaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling