Talablar. Funksional va texnologik jarayonlarning loyihalash ishlaridagi ahamiyati
Binoning hajmiga nisbatan anchayin kichik sanalgan qurilish materiallari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
3. Binoning hajmiga nisbatan anchayin kichik sanalgan qurilish materiallari
va buyumlari. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. YUqorida aytib o‘tilganidek inson faoliyatining har qanday jabhalari uchun mo‘ljallanib er ustida 2 qurilgan va ichki ichki hajmlarga ega bo‘lgan qurilma bino deb ataladi. Inson tomonidan o‘zining moddiy va manaviy manfaatlarini qondirish maqsadida yaratilgan suniy qurilma esa inshoot deb ataladi. Har qanday loyihalanadigan va qurilishi amalga oshiriladigan bino va inshootlar quyidagi belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi: - funksional mo‘ljallanishiga karab ; - shahar miqyosida tutgan o‘rniga qarab ; - hajmiy-tarxiy echimlarida konstruktiv tizimlariga qarab; - hajmiy-tarxiy echimlarida qavatlar soniga qarab; - yuk ko‘taruv transport vositalarining mavjudligiga karab; - tomlarining konstruktiv echimlari, texnologik jarayonni tashkil etilishi va binodagi kommunikatsion qurilmalarning loyixalanishiga karab; - tomdan suvning oqishiga karab. Funksional mo‘ljallanishiga karab binolar ikki turga ajratiladi: - Fuqaro binolari. - Sanoat binolari. Binolarda bo‘lib o‘tadigan funkionlar jarayonlarning kechishidan kelib chiqqan holda fuqaro binolari o‘z navbatida ikki guruxga ajratiladi: turar-joy binolari va jamoat binolari. Ishlab chiqariladigan maxsulot turlari va binolarda bo‘lib o‘tadigan texnologik jarayonlardan kelib chiqqan holda sanoat binolari ham ikki turga ajratiladi: sanoat ishlab chiqarish binolari va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish binolari. Binolarning shahar miqyosida tutgan o‘rniga karab quyidagi turlarga ajratiladi: - umumshahar miqyosida xizmat ko‘rsatuvchi; - tuman miqyosida xizmat ko‘rsatuvchi; - mitti tumanlar miqyosida xizmat ko‘rsatuvchi. Hajmiy-tarxiy echimlarda konstruktiv tizimlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: - karkassiz konstruktiv tizimli; - karkasli konstruktiv tizimli; - hajmiy blok konstruktiv tizimli; - stvolli konstruktiv tizimli; - qobiqli konstruktiv tizimli. a) b) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling