Talablar. Funksional va texnologik jarayonlarning loyihalash ishlaridagi ahamiyati
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm. YUk ko‘taruv jixoziga ega bo‘lgan ishlab chiqarish binosi.
6 Rasm. Nishabli chordoqli tom. Rasm. Nishabsiz tekis tom. Rasm. YUk ko‘taruv jixoziga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish binosi. 7 Rasm. YUk ko‘taruv jixoziga ega bo‘lgan ishlab chiqarish binosi. Barcha turdagi binolar eksplutatsion talablardan kelib chiqqan holda sinflarga ajratiladi. Bino sinfi to‘g‘risidagi tushuncha ularning mo‘ljallanishi, tutgan o‘rni va ularga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi. Har bir binoning sinfi, uning xalq xo‘jaligi va shaxarsozlikda tutgan o‘rni, binoning mustaxkamligini taminlovchi asosiy yuk ko‘taruv konstruksiyalarining yong‘inbardoshlilik va uzoq xizmat qilish muddati darajasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda yong‘inbardoshlilik talablari quyidagilardan kelib aniqlanadi. Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning element va qismlarining yong‘in-texnik klassifikatsiyasi ikki qismga ajratib o‘rganiladi: - yong‘in xavfsizligi - qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning element va qismlarining yong‘inning paydo bo‘lish va rivojlanishiga asos bo‘luvchi xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. - yong‘inbardoshlilik - qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari, binolar, ularning element va qismlarining yong‘inga qarshilik ko‘rsatish va yong‘inni atrofga yoyiltirmaslik xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bino va inshootlarda yong‘in-texnik klassifikatsiyasini tuzishdan maqsad bino konstruksiyalariga, binoga, uning element va qismlariga yong‘in bardoshlilik va yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘yish uchun zarurdir. Bino va inshootlarni loyihalash ishlarini amalga oshirishda qurilish konstruksiyalariga yong‘in xavfsizligi va yong‘inbardoshlilik talablari qo‘yiladi. Konstruksiyalarga qo‘yiladigan yong‘inbardoshlilik talabi yong‘inbardoshlilik darajasi bilan, yong‘in xavfsizligi talabi esa yong‘in xavfsizligi sinfi bilan aniqlanadi. Qurilish maxsulotlari, konstruksiyalari va buyumlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari yong‘in-texnik xususiyatlar orqali aniqlanib quyidagilarga asoslanadi: yonuvchanlik, alangalanish, alanganing yuza bo‘ylab tarqalishi, tutun hosil bo‘lish va zaxarlilik. 8 Qurilish maxsulotlari yonish xususiyatlaridan kelib chiqib yonuvchi va yonmovchi turlarga ajratiladi. YOnuvchi maxsulotlar to‘rt guruxga bo‘linadi: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling