Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi


Bilim, kўnikma va malakalarning puxtaligi printsipi


Download 47.08 Kb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi47.08 Kb.
#1449909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”

Bilim, kўnikma va malakalarning puxtaligi printsipi.
Hozirgi davrda fan va texnikaning taqqiyot darajasi, zamonaviy urushning xususiyatlari shaxsiy tarkibning bilimi, kўnikmasi va malakalari puxta va chuqur bўlishini taqozo qiladi. Biroq, bilim, kўnikma va malakalarning puxtaligi didaktik jihatdan ham muhimdir. Askarning bilim, kўnikma va malakalari qanchalik puxta, mustahkam bўlsa, yangi ўquv materialini ham shunchalik ongli, chuqur va puxta egallaydi. SHuning uchun ham ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi ўz bўysunuvchilarining ўquv dasturlarini ўz vaqtida va chuqur egallab borishlari haqida qayurishlari lozim.
Shaxsiy tarkibning bilim, kўnikma va malakalarining puxtaligiga erishish uchun quyidagi asosiy shartlarning bajarilishi muhimdir:
- ta’lim oluvchilar tomonidan ўrganilayotgan ўquv materialining amaliy faoliyat uchun zarurligining tushunilishi;
- ўquv materialining uzoq vaqt esda saqlab qolinishini ta’minlash;
- avval ўrganilgan ўquv materialini doimiy takrorlab turish;
- ўrganilgan ўquv materialini amalda qўllab turish;
- ta’lim oluvchilarning mustaqil mehnatini taqdirlash;
- tashabbus kўrsatishlari uchun imkoniyat yaratish.
Ta’limda jamoa bўlib va yakka tartibda yondashish printsipi.
Harbiy faoliyat ўz xarakteriga kўra jamoaviy faoliyat hisoblanadi. Tinchlik davrida ham, urush sharoitida ham qўyilgan vazifalarni bajarishda shaxsiy tarkib ўrtasida hamkorlik, hamjihatlik va ўzaro yordam talab qilinadi. Harbiy faoliyatning jamoa xarakteri ayniqsa, ekipajlar, hisoblarning jangovar vazifalarni bajarishi davomida shaxsiy tarkibning, shu bilan birga alohida olingan har bir askar harakatlarining aniqligi, ўzaro muvofiqligi, uyushganligida, har qanday sharoitda ham bir-biriga yordamga kelishga, zarur holda dўsti ўrniga uning vazifalarini bajarishga tayyorligida yaqqol namoyon bўladi.
Harbiy xizmatning jamoaviy xarakteri shaxsiy tarkibning fikri, irodasi, harakatlari va mas’uliyatining birligi bўlib, tinchlik davrida va jang sharoitida harbiy jamoa oldiga qўyilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishining muhim sharti hisoblanadi. SHu bilan birga u ta’lim jarayoni muvaffaqiyatining muhim omili sanaladi.
SHaxsiy tarkib ўrtasida jamoa kayfiyatini rivojlantirishning asosi sifatida mashulotlar va mashqlarda, jangovar navbatchilik, ichki va qorovul xizmatlarini bajarish davomida jamoa harakatlarini tashkil qilish muhimdir. Jamoa ўquv mehnatiga rahbarlik qilish davomida mashulot rahbaridan jamoa psixologiyasini va kayfiyatini, umumiy va yakka fikrlarni, ehtiyojlarini bilish, ta’lim oluvchilarning umumiy bilish va amaliy faoliyatini faollashtirishni talab qiladi.
Mashulotlar jarayonida ta’limda jamoa bўlib va yakka tartibda yondashish printsipini amalga oshirishning asosiy pedagogik qoidalari quyidagilardan iborat:
- mashulotlar davomida jamoa harakatlarini tashkil qilish;
- savollarga javob topish, vazifa, muammolarni jamoa bўlib hal qilish uchun ijodiy mehnat sharoitini yaratish;
- har bir askarni boshqa askar va jamoa fikrini tinglash va tushunishga ўrgatish;
- jamoa a’zolarining hamjihatlikda ishlashi va shu bilan birga har birining ўz imkoniyatlarini alohida namoyon qilishi uchun sharoit yaratish;
- ta’lim beruvchi tomonidan har bir askarning aqliy, ma’naviy va jismoniy imkoniyatlarini, ruhiy rivojlanish darajasini bilish.
Ta’lim printsiplarining asosiy mazmuni ularning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik davomida amalga oshirish yўlari shulardan iborat. Kўrib ўtilgan har bir printsip ta’lim jarayonining ma’lum bir tomonini namoyon qiladi. Biroq, ta’limning barcha bўinlari ўzaro boliq yagona, yaxlit jarayon bўlganligi tufayli, ta’lim printsiplari ўzaro boliq bўladi, bir-birini tўldirib boradi va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. SHaxsiy tarkibni tinchlik davrida va jang sharoitida berilgan vazifalarni bajarishga tayyorlash ishini mavaffaqiyatli amalga oshirish uchun ofitser ta’lim printsiplarining mazmunini va mohiyatini aniq tushunib yetishi va ўz faoliyatida ular talablariga amal qilib borishi lozim.



Download 47.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling