Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi


Askarlar ta’limi jarayonining asosiy printsiplari


Download 47.08 Kb.
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi47.08 Kb.
#1449909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”

Askarlar ta’limi jarayonining asosiy printsiplari.
Ta’lim printsiplari yoki didaktik printsiplar deb harbiy-pedagogik jarayonning asosiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi pedagogik qoidalar tushuniladi va ular ta’lim oluvchilarni bilim, kўnikma va malakalar bilan qurollantirish bўyicha ta’lim beruvchining faoliyatini belgilaydi. Bu printsiplarda ta’lim jarayoni qonuniyatlarining, uning mantiqi va qarama-qarshiliklarining talablari aks etadi.
Har bir printsip ta’lim jarayonining alohida tomonlarini, ularning aniq talablarini yoritib beruvchi qoidalarini ўz ichiga oladi va ularning qўllanilishi ta’lim beruvchining ta’lim-tarbiya jarayoniga bўlgan umumiy munosabatini belgilaydi.


Ta’lim printsiplari quyidagilardan iborat:
Ta’limning ilmiyligi printsipi.
Bўlinmadagi ta’lim-tarbiya jarayoni Qurolli Kuchlarni doimo jangovar shay holatda saqlashga va uning jangovar qudratini yanada oshirishga qaratilishi lozim. Xuddi ana shu maqsadlarda ta’lim beruvchilar ўz bўysunuvchilarini qurollantiradigan bilimlar haqqoniy bўlishi, fan va texnikaning sўnggi yutuqlariga muvofiq kelishi, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik esa ilmiy asosda, harbiy psixologiya va pedagogika fanining, harbiy ta’lim jarayonida ўrganilayotgan fanlarni ўqitish metodikalarining talablari va kўrsatmalari asosida tashkil etishi lozim.
Fan va texnika doimo taraqqiy etib boradi. Yangi qurol-yaro va jangovar texnikalar yaratilmoqda, jang harakatlarini olib borish taktikasi, shakllari va metodlari takomillashib bormoqda. Bu esa ўz navbatida ta’limning yangi usul va vositalarini qўllashni talab qilmoqda. SHuning uchun ham ta’lim jarayoniga fan-texnikaning eng sўnggi yutuqlarini joriy qilish asosida bўlinmalarning jangovar salohiyatini doimo oshirib borish va doimiy jangovar shayligini ta’minlash – ta’limning ilmiyligi printsipining asosiy talabidir.
Aytilganlardan kelib chiqib, ta’limning ilmiyligi printsipiga qўyiladigan asosiy talablarni quyidagicha kўrsatish mumkin:
- bilimlar, faktlarning haqqoniyligi;
- ta’lim oluvchilar egallaydigan bilimlarning hozirgi zamon fani, texnikasi, pedagogikasi, psixologiyasi yutuqlari bilan mosligi;
- ta’lim shakllari va metodlarining zamonaviy fan yutuqlariga muvofiqligi.

Download 47.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling