Ta’lim mazmuni hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash
Download 1.04 Mb.
|
2-MAVZU SLAYD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi
- Davlat ta’lim standartlarining vazifalari
Davlat ta’lim standartiTa’lim standarti bir tomondan davlatni fuqaro oldidagi, ikkinchi tomondan fuqaroni ta’lim sohasidagi davlat oldidagi majburiyatini ifodalaydi. Ta’lim standarti — bu bitiruvchini umumiy ta’lim tayyorgarligiga qo‘yilgan majburiy talablar darajasidir. «Standart» tushunchasi inglizcha standart so‘zidan olingan bo‘lib, «me’yor, namuna, o‘lchov» ma’nolarini anglatadi. Davlat ta’lim standarti - bu me’yoriy hujjat bo‘lib, bakalavrning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilgan majburiy talab darajasini aniqlaydi. Pedagogik ta’limni standartlashtirish bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talablar bilan bog‘liq bo‘lib, «me’yor», «namuna» sifatida ishtirok etadi. Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy-iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish; mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb-kor malakasi darajasini vaqt-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish; xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; ta’limning barcha turlari mazmunini, ta’lim va tarbiyani kelishish va ularning o‘zaro bog‘liqligini uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; o‘quv tarbiya va ta’lim jarayoniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash; ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; milliy standartlar talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling