Nazariyachilar ta’lim mazmunini darajalari to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surmoqdalar: Umumnazariy daraja. O‘quv predmeti darajasi. O‘quv materiali darajasi. Ta’lim mazmuniga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ta’lim nazariyasida ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablar quyidagicha ifodalanadi.
Ta’lim mazmuni ta’limni barcha bosqichlarida ozod, erkin, mustaqil fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ta’lim mazmuni ilmiy asosda asoslangan faktlar asosida qurilishi lozim.
Har bir o‘quv predmeti bo‘yicha ta’lim mazmuni o‘sha fanning logikasi va tizimiga mos bo‘lishi kerak.
Ta’lim predmetlarida aloqadorlik asosida qurilishi lozim.
Ta’lim mazmunida nazariya bilan amaliyot aloqadorligi aks etishi kerak.
Ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.
Shunday qilib ta’lim mazmuni - bu ko‘p darajali pedagogik modelning ijtimoiy buyurtmasi, bu didaktikada ta’limni mazmuniy (ichki) tomonini ifodalaydi.
Dixotomik yondashuv - bu tushunchani ikki qarama-qarshi, bir-birini rad qilmaydigan, ammo teng quvvatga ega qismga ajratish.
Konsepsiya - bu hali qo‘llanilmagan, ammo amaliyotda o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tushunishning aniq yo‘li, asosiy nuqtayi nazar, boshlang‘ich g‘oya hisoblanadi. «Konsepsiya» tushunchasida asosiy so‘z mavjud paradigmani to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi tushunishning asosiy yo‘liga qaratiladi.
Paradigma - bu kasbiy faoliyat amaliyotida qo‘llaniladigan ta’limot va aniq ilmiy g‘oyalardir. «Paradigma» tushunchasida urg‘u aynan «aniqlangan» so‘ziga, ya’ni ilmiy holatlar va g‘oyalar xilma-xilligiga yo‘naltiriladi.
Ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy konsepsiyasi va paradigmasi Ta’lim mazmuni quyidagi vazifalarni bajaradi:
axborot yetkazuvchi, turli fanlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ifodalaydi;
metodologik, fan metodologiyasi bilan qurollantirish;
ta’limiy, bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish;
rivojlantiruvchi, shaxsda jismoniy, ijodiy, hissiy, intellektual sifatlarni shakllantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |