Ta’lim mazmuni hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash
Ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy nazariyalari
Download 1.04 Mb.
|
2-MAVZU SLAYD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim mazmunini tanlash prinsiplari va mezonlari
- Zamonaviy ta’limni modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar.
Ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy nazariyalariTa’lim mazmunini shakllanishini asosiy nazariyalari XVIII asr oxirlari — XIX asr boshlarida paydo bo‘lib, ta’lim mazmunini moddiy va formal nazariyasi nomini olgan. Ta’lim mazmunining moddiy nazariyasi (didaktik materializm yoki ensiklopedizm nazariyasi) tarafdorlarining fikricha, ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarga turli fan sohalari bo‘yicha imkoni boricha ko‘p miqdorda bilimlar bilan qurollantirish deb hisoblaydilar. Bu fikrni o‘z davrida (Ya.A.Komenskiy, G. Spenser v.b.) ham ta’kidlab o‘tganlar. Hozirgi paytda ham ushbu qarash tarafdorlari mavjud. Ta’lim mazmunini tanlash prinsiplari va mezonlariTa’lim tizimini modernizatsiya qilishning barcha tadbirlari me’yoriy- huquqiy hujjatlarda «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida o‘z aksini topgan. Ta’lim - bu ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlaridan hosil bo‘luvchi, maxsus tashkil etilgantizim bo‘lib, unda shaxsni bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi hamda ularda dunyoga bo‘lgan ijodiy munosabat shakllanadi. Zamonaviy ta’limni modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar.Pragmatizatsiyalashtirish - bu fundamentalizatsiyalashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Pragmatizatsiyalash -bu ta’limda amaliyotni kuchaytirish. U yosh avlod faoliyat xususiyatlarini yoshlar tomonidan o‘zlashtirilishini taqozo etadi. Fundamentalizatsiyalashtirish -bu ta’limni sistemali tarzda fundamental bilimlar va ijodiy tafakkur yo‘llari bilan, borliq va hodisalarni bilish prinsiplari, metodologik asoslari, nazariyalari bilan boyitib borish. Metodologizatsiyalashtirish - bu ta’lim mazmunini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, tizimli, dinamik, umumlashgan bilimlar tizimi bilan boyitilishi. Integratsiya zamonaviy ta’limni rivojlanish qonuniyatlari va istiqbollarini tushunish hamda element va komponentlar yig‘indisidan hosil bo‘lgan butun bir tizimni ifodalaydi. Standartlashtirish - davlat darajasida qabul qilingan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talab va me’yorni belgilaydi. Ko‘pvariativlik - variativ o‘quv predmetlarini o‘rganish va barcha o‘quvchilarga o‘zlarini ta’limiy ehtiyojlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish. Uzluksizlik - fanlarni o‘qitish akademik davrlarini ta’lim bosqichlari bo‘yicha ta’lim mazmuninig uzluksizligi prinsipi asosida qayta ko‘rib chiqish. Markazlashtirish - ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablarni O‘zbekiston Respublikasi XT va OO‘MTV aniqlaydi. Axborotlashtirish - bu ta’lim mazmunini zamonaviy axborotlar bilan boyitish. Insonparvarlashtirish - yoshlarni imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni shaxsini individual rivojlanishlari uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi. Texnologizatsiyalashtirish - ta’lim mazmunini o‘rganish qoida va algoritmlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling