Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilish;
milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
ta’limning uzluksizligini va izchilligini, maktab o‘quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv dasturlari bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash.
Ta’lim mazmunini aks ettiruvchi me’yoriy hujjatlar
Davlat ta’lim standarti asosida o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va o‘quv darsliklari ishlab chiqiladi.
Ta’lim mazmuni me’yoriy hujjatlarda Davlat ta’lim standartida, o‘quv rejasida, o‘quv dasturida va o‘quv darsliklarida o‘z aksini topadi.
Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturi uch xil chiziqli, konsentrik va spiralli turda quriladi.
Dasturni chiziqli usulda yaratish mohiyati shuki, bunda o‘quv materialining alohida qismlari o‘zaro bog‘langan uzluksiz ketma-ketlikda joylashtiriladi. Har bir qism faqat bir marta o‘rganiladi. Yangi material mazmuni o‘rganilgan material asosida bog‘langan tarzda o‘rganiladi.
4-rasm. Konsentrik usulda dastur tuzish.
Konsentrik usulda tuzilgan dasturda bir material bir necha bor asta-sekinlik bilan murakkablashtirish, mazmunni yangi aloqalar hisobidan to‘ldirish orqali o‘zlashtiriladi.
Dasturni spiralli usulda qurish o‘quv materialini ketma-ket va siklik tarzda qurishni taqozo etadi.
5-rasm. Spiralli usulda dastur tuzish.
Ilmiy maqola -bu tadqiqodchining muammo bo‘yicha xulosalari va natijalari maqsadi, metodikasi aniq ifodalangan ishidir. Maqola mazmuni muallifning qarashlarini ifodalaydi.
Darslik - bu aniq soha bo‘yicha fan va madaniyat yutuqlarini zamonaviy darajadagi fan asoslarini tizimli ifodalovchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad hamda vazifalariga javob beruvchi kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: |