Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ot yasovchi qo’shimchalarning uslubiy xususiyatlari


Download 4.13 Mb.
bet150/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

3.Ot yasovchi qo’shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo’shimchalar orasida o’zaro sinonim bo’lgan qo’shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos-adabiyotchi, mehnatkash-mehnatchi.
Sintaktik uslubiyatda gar va uning turlarini, gap bo`laklarining uslubiy qo`llanilishi o`rganiladi.
1.Gap bo’laklarining uslubiy xususiyatlari

  1. sifatlovchi-aniqlovchilar ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no ifodalaydigan bo’lib qoladi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo’ynida uxlab yotadi.

  2. sfatlovchi-aniqlovchilar turli so’z turkumlaridan tuzilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va so’z birikmalari bilan ifodalanadi: Osmon o’par tog’lar, bag’rikeng inson, cheki yo’q qirlar, fikri tiniq insonlar.

  3. sifatlovchi-aniqlovchi takroriy so’zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi yuz beradi: Baland-baland binolar tezz uchray boshladi.

  4. izohlovchi ham uslubiy vazifa bajaradi.Ma’lumki, izohlovchi laqab, qarindoshlik, o’xshatish kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga keladi.Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq va h.k.

  5. ajratilgan bo’laklar jumla tarkibidagi ayrim bo’laklarga urg’u berish, ularni alohida ajratib ko’rsatish, shaxs va narsa haqida qo’shimcha ma’lumot berish belgi xususiyatlarini ta’kidlash kabi vazifalarni bajaradi: Biz yoshlar, ota-bobolarimiz merosini ko’z qorachig’imizdek asrashimiz lozim.

  6. undalmalar ham turli uslubiy vazifalarni bajaradi, ular gap boshida va o’rtasida kelsa, chaqiriq va murojaatni ifodalaydi:Uka, mening yo’qligimni bilintirma. Gap oxirida kelgan undalma tinglovchiga nisbatan hurmat, muhabbatni ifodalaydi.Tuprog’ingni zar bilarman, ona-Vatanim! Bulardan tashqari undalmalar iltimosni, so’zlovchining his-tuyg’usini, kuchli ehtirosni, ko’tarinki holatni, piching va kinoyani ifodalash uchun ham xizmat qiladi.



Savоl va tоpshiriqlar:

  1. Nutq uslublarini izоhlang.

  2. Badiiy uslubning o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini izоhlang.

  3. Ilmiy uslubning o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini misоllar оrqali izоhlang.

  4. Publitsistik uslubning turlarini izоhlang.

  5. Оg`zaki so`zlashuv uslubining o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini izоhlang.

  6. Оg`zaki va yozma nutq mе’yorlarini izоhlang.

  7. Fоnеtik uslubiyatning хususiyatlarini izоhlang.

  8. Sinоnimlarning uslubiy хususiyatlari qanday?

  9. Parоnimlarning lеksik хususiyatlarini izоhlang.

  10. Оt so`z turkumiga хоs grammatik хususiyatlarga хоs misоllar kеltiring.

  11. Egalik qo`shimchalarning uslubiy хususiyatlarini izоhlang.

  12. Sintaktik uslubiyatni izоhlang.




Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling