Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet148/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Fonetik uslubiyat nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlarini o`rganadi.
Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari.

  1. asir, devon kabi so’zlardagi tovushlarning noto’g’ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.

  2. da, -va, -qa (yoki –q) kabi bo’g’inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so’zlarni keltirish nutqiy g’alizlikni keltirib chiqaradi.

Urg’uning uslubiy xususiyatlari
So’z urg’usining ko’chishi shu so’z ma’nosini o’zgartirishi mumkin: yangi kiyim(sifat) – yangi damlandi (ravish).
Gapda ohangning o’zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo’lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so’zidan keyin to’xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
Leksik uslubiyatda lug`aviy birliklarning uslubiy xususiyatlari o`rganiladi.1.Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so’z o’yinlari hosil qilinadi: Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Bu o’rinda ot omonim so’zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti.
2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo’llashda hissiy-ta’siriy bo’yoq mavjudligi jihatdan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimikqatoridagi yuz so’zi ma’nosi betaraf so’z bo’lsa, bet, aft so’zlari salbiy bo’yoqqa ega, bashara so’zida esa salbiy bo’yoq yanada kuchli, turq so’zida bashara so’ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo’yoqqa ega, jamol so’zida bu bo’yoq yanada kuchli. Shuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo’lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo’ysafid sinonimik qatoridagi qari so’zning ishlatilish doirasi keng, qolganlarniki esa chegaralangan.
3.Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to’g’ri foydalanmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: ... choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o’xshaydi.Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o’rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deyiladi.
4.Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to’g’ri qo’llamaslik orqasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Chanoqlardagi lo’ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so’zi o’rnida tovlanadi so’zi ishlatilishi kerak.
5. Mubolag’a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo’lib, ifodalangan tushunchaning ko’pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir.Mubolag’a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To’qson molning terisidan kovushi... (“Alpomish” dostonidan).
6.Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so’z turkumlari (asosan, sifatlar) qo’llanadi: Zolim jallod bilmaganim bildirgin... (“Kuntug’mish” dostonidan)

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling