Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Download 4.13 Mb.
|
МТ Она тили
-Yigitlar, kelig`iz, zarplata olig`iz!
Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo`lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takellajchi yigit. (O`.H.) Yuqoridagi matn parchasida qurilishdagi bir epizod yoritilganligi tufayli, unda betonchi, vagoncha, payvandchi, takellajchi kabi qurilish leksikasiga oid so`zlar ishlatilgan. Atamalar fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo`llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to`rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim(tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi. Atamalarning ifoda plani so`zga (hujayra, to`qima) yoki turg`un birikmaga (o`qildiz, popukildiz) teng bo`ladi. Har ikki ko`rinishda ham atama leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi. Atamalarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo`ladi: Masalan, boshoq atamaning mazmun planida «poya uchida o`sadigan to`pgul yoki to`pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan. Shaklan so`zga teng atama aslida leksemaning o`zidir, chunki u ko`pincha til sistemasida mavjud bo`lgan yoki shu tilning so`z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning atamalashishi natijasida yuzaga keladi, natijada atamaning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»)-tish (atama: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda leksemaning mazmun plani (leksik ma’nosi) atamaning mazmun planiga (tushunchaga) tengdir. Demak, atamalarda ko`pincha leksik ma’no bilan tushuncha o`zaro teng bo`ladi. Ba’zi sohalarda leksema o`zining ko`chma ma’nosida atamalashib qolishi ham mumkin, ammobuhodisajudakamuchraydi. Qiyosqiling: gul-botanikada: «o`simlikning urchish (ko`payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o`yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul leksemasi o`zining bosh ma’nosida botanikada, ko`chma ma’nosida esa amaliy san’atda atamalashgan. Ammo bir sohaning o`zida leksemaning ikki tatushuncha nomi sifatida atamalashishi (ko`p ma’noli atama bo`lishi) atamaologiyaning izchilligiga xilof bo`ladi. Masalan, urug` leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo`lib keldi: 1) «o`simlikning urug`i» (ruscha: smya) 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rоd). Bunday polisemiya keyingi yillarda taksonomik kategoriya ma’nosidagi urug` atamaining turkum atama bilan almashtirilishiga sabab bo`lgan. Ba’zan atama o`ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so`zlari ham ma’lum soha atamalari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu atamalar ommalashib, barchaning nutqida qo`llanadigan, barchaga tushunarli bo`lgan so`zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda deatamalashish deyiladi. Argotizm va jargonizmlar– biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o`g`rilar, olibsotarlar, poraxo`rlar va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi. Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida–yakan(«pul»), ichuvchilar orasida-novcha(«araq»), qizil («vino») kabi. Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o`zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo`rttirib baholash ottenkalari ham mavjud bo`ladi. Masalan, talabalar jargonida: dum-«topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so`zlashuvda: yo`rg`a-«yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar. Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so`zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora yer yutkurning yo`rg`a chiqarishini yetti uxlab tushida kim ko`ribdi.(Hamza .Paranji sirlari.) Gapni aylantirmang. Yog`liq joy. Yakan katta bo`ladi! («Mushtum», 1960, №2). Birmaktabda gap mish-mish, Turg`unning dumi bormish. Xo`sh, bu ajab, qanday dum, Hech kimda yo`q-ku bu dum? Bilsam voqea o`zga, Ilinmas qo`lga, ko`zga! «Ikki»degan oti bor, na o`zi, na zoti bor... (Q.M.) O`z qatlam - o`zbek tili leksikasining umumturkiy so`zlar va sof o`zbek so`zlaridan iborat qismlari. 1.U m u m t u r k i y s o` z l a r o`zbek tili leksikasining eng qadimgi luQaviy biriklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg`iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o`zb.) – bas (qoz.qoraq.) – bash (qirg`.,turkm.); til (o`zb.,qoz.,qirg`.) – dil (turkm.,ozarb.,gagauz.); tog` (o`zb.) – too (qirg`.) – tav, tau (qoraq,qoz.) – dag` (turkm., ozarb.) kabi. O`zbek tili leksikasidagi umumturkiy so`zlarning o`ziga xos fonetik va semantik belgilari bor. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling