Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 4.13 Mb.
bet27/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Morfologik belgilari: ruscha-baynalmilal leksemalarda prefiks+o`zak(a+morf, de+duksiya), o`zak+suffiks (bronx+it, jurnal+ist), prefiks+o`zak+suffiks (a+simmetr+iya) tarkibli so`zlar uchraydi.
Ruscha-baynalmilal so`zlar tarkibidagi affikslar o`zbek tilida so`z yasamaydi (mikroo`g`it, mikroiqlim, ultratovush kabi kalkalar bundan mustasno).
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq tuzumiga xos bir qator ruscha-baynalmilal so`zlar (raykom, partkom, gorkom, kolxoz kabilar) eskirib, o`zbek tili leksikasining eskirgan so`zlari (istorizmlar) qatoriga o`tib qoldi, ayni paytda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum taqozosi bilan hamda iqtisoddagi va ta’limdagi islohotlar tufayli o`zbek tili leksikasida yangi ruscha-baynalmilal o`zlashmalar paydo bo`ldi: investitsiya, marketing, minimarket, supermarket, test, reyting, litsey, kollej va boshqalar shular jumlasidandir.
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo’lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o’rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda bo’lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug’at boyligida yangi-yangi so’z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so’z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug’at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.
Leksik istorizmlar o’tmish voqeligi bo’lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon-«O’zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo’lgan (ikki puddan o’n bir pudgacha) og’irlik o’lchovi»; chaqirim-«1,06 kilometrga teng uzunlik o’lchovi»; cho’ri-«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi-«daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch-«ulovga qo’shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog’och asbob» va b.lar.
Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo’ladi, ammo ular, ba’zan, qisqa vaqtda paydo bo’lishlari ham mumkin: yaqin o’tmishda (1991 yilgacha) o’zbek tilining faol so’zlari bo’lgan ayrim leksemalarning (
Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling