SAVOL-JAVOB ORQALI TALABALAR BILIMINI MUSTAHKAMLASH
Undalma nima?
Undalmaning ifоdalanishi?
Undalmaning mazmuniy paradigmasi.
Undalmalarda tinish bеlgilari.
Kirishlar dеb qanday bo`laklarga aytiladi?
Kirishlar nеcha turlarga bo`linadi?
Kiritmalar dеganda qanday qurilmalar tushuniladi?
Kiritma qurilmalarning qanday turlari bor?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR.
1. Qaysi gapda undalma mavjud emas?
A) - Qulluq, qulluq, G‘afurjon. B) Samarqand, Samarqand! degani shu ekan-da! C) - Hoy! Sizni kutib turibmiz. D) - Hoy, soqoling to‘kilgur, - dedi xotin,- bu qanday qiliq?
2. Kirish gapni aniqlang.
A) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek?
B) Afsus, ming bor afsuski, bu bir xayolgina , xolos.
C) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga etkazadi.
D) Bu voqeadan Qodirni ham (sen uni taniysan) xabardor qildim.
3. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.
B) Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik
C) Asabga zo‘r bermang, odamlar.
D) Ey farzand, aytar so‘zing, fe’l-atvoring odamlarni ranjitmasin.
4. Kirish gap (kiritma gap) berilgan qatorni toping.
A) Niyatingga yetkur, quloq sol
B) Bir so‘z bilan aytganda, tabiat ayolni alohida mahorat va muhabbat bilan yaratgan.
C) Qosimjon aka (u bizdan to‘rt-besh yosh katta edi) choy olib keldi.
D) Boboning aytishicha, bir vaqtlar bu telefonni Orif oqsoqolga eng katta oqsoqol sovg‘a qilgan ekan.
5. Kirish so‘z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ol, singlim, bolalarga kiyim-bosh qilib berarsan.
B) Inson tez o‘tuvchi orzu-havaslarga o‘yinchoq bo‘lmasligi kerak, To‘g‘onbek.
C) Kunduzi bo‘lsa, o‘zingdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi.
D) Koshki, o‘zgalarni g‘iybat qiluvchilar o‘z nuqsonlarini ham bilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |