MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-tarqatma material.
Ajratilgan bo’lak nima?
Ajratilkan bo’laklar uyushib kelishi mumkinmi?
2-tarqatma material.
Bеrilgan gapdagi ikkinchi darajali bo`laklarni tahlil qiling:
Qishlоqning u bоshidan bu bоshiga еtgunga qadar birоr kimsaning qоrasi ko`ringani yo`q.
3-tarqatma material
Klaster texnologiyasining taxminiy varianti
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.Bosh bo‘lak ajratilgan gaplarni aniqlab ko‘chiring.
1. Qudratillaxo‘janing xotini – Hojarbibi o‘g‘lidan xursand edi. (As.M.) 2. Hokimning bunday holini kuzatib turgan ikki do‘sti – Shohmurod Ko‘histoniy bilan Ibrohim Do‘lday iljayishib hokim yoniga kirib kelishardi. (Mirm.) 3. Hozirgina kelib to‘xtagan oq “Volga” ning shofyori – novcha, barvasta yigit kabinadan chiqib turgan ekan. (H.G‘.) 4. Ariqda suv tiniq, qirg‘oq – maysazor ham ko‘m-ko‘k. (H.G‘.) 5. Bu yerdan ko‘cha – yangi posyolkaning shu ko‘klamda ochilgan birinchi ko‘chasi – Navbahor yaqqol ko‘rinib turar edi. (H.G‘.) 6. Bu suv, ya'ni besh foizgacha mineral tuzlari bo‘lgan bu oqova suvlar yerga qanday ta'sir etarkin? (O.Yo.)
2-mashq. Ajratilgan to‘ldiruvchilarni aniqlab, asosiy va ajratilgan
to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan birga ko‘chiring.
as. to‘ld. ajr. to‘ld.
N a m u n a : ulfatlaridan – “e'tiborli” odamlardan uzoq.
1. O‘g‘il boyning ulfatlaridan – “e'tiborli” odamlardan uzoq, ular bilan suhbatda bo‘lmas, uning o‘z ulfatlari kimlar ekani esa otaga noma'lum edi. (As.M.) 2. G‘ulom otliq hokim xonadonining sodiq quli – cholga buyurib, hokimning ikki yoshli o‘g‘li – yuzlari lo‘ppi Muhammad Metinni ichkariga otasi yoniga atayi kiritib yuborishardi. (Mirm.) 3. Ahmadjon bularning ko‘pini birinchi marta ko‘rayotgan bo‘lsa ham, ba'zilarini – Rahim boboni tez-tekz yo‘qlab turadiganlarini tanib ulgurgan, cholning eng sevimli, eng yaqin, o‘qtin-o‘qtin kelib turadigan nabirasi – vrach qiz Dildor bilan durustgina tanishib olgan... (H.G‘.) 4. Nazira opaning eri keksa irrigator injener Qodir Yunusov bundan ikki oy avval oltmish yoshida yurak kasali – infarktdan vafot etdi. (H.G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |