SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Uyushiq bo`lak dеb nimaga aytiladi?
Uyushiq bo`laklar qanday hоlda shakllanadi?
Uyushiq bo`laklar qanday ma’nо anglatishi shart?
Uyushgan egaga misоllar kеltiring.
Uyushgan kеsim haqida ma’lumоt bеring.
Uyushgan to`ldiruvchi ajratilgan izоh to`ldiruvchidan qanday farq qiladi?
Uyushgan aniqlоvchi bilan ajratilgan izоh aniqlоvchining o`хshashlik tоmоnlari nimada?
Uyushgan hоlni misоllar оrqali tushuntiring?
Umumlashtiruvchi so`z dеb nimaga aytiladi?
Umumlashtiruvchi so`z ishtirоk etgan gaplarda tininsh bеlgilari qanday ishlatiladi?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo‘laklar mavjud emas?
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.
B) Xalqqa qaradi-yu, lekin gapirmadi.
C) Til bilan dil bir bo‘lishi kerak
D) Men asta-sekin bu xonadonning past-balandini yaxshi o‘rganib oldim.
2. O‘zbek tilida gapning uyushgan bo‘laklarini bog‘lash vazifasida nisbatan kam qo‘llanadigan bog‘lovchilarni aniqlang.
A) biriktiruv bog‘lovchilari B) zidlov bog‘lovchilar
C) ayiruv bog‘lovchilari D) A, B
3. Uyushgan egalar shaxsni anglatsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi?
A) Kesim ko‘plik shaklda qo‘llanadi.
B) Kesim birlikda qo‘llanadi.
C) Kesim fe’l bilan ifodalansa, ko‘plikda, sifat, ravish, son bilan ifodalansa, birlikda qo‘llanadi.
D) Kesim birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanishi mumkin.
4. Bosh bo‘laklar uyushib kelgan gapni toping.
A) Saida kitob bilan, she’r bilan dardlashardi. B) Quyosh, havo – tanga davo.
C) Havo salqin, toza. D) O‘rmonlar, bog‘lar uni quvontirdi, to‘lqinlantirdi.
5. Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping.
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.
B) Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor.
C) U mayda-chuyda ishlarni ham aniq va puxta bajarardi.
D) U tanib, bilib, keyin so‘rasha boshladi.
6. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |