Uyga vazifa:
Gaplar tarkibidagi shart va to‘siqsizlik hollarini o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring.
1. Chemodan uncha katta bo‘lmasa ham zilday og‘ir edi. (P.Q.) 2. G‘ulomjon har qancha tikilib qarasa ham, Hayot chehrasidan tavajjuh nishonasini topolmadi. (M.Ism.) 3. Traktor sizga o‘xshab yaltiroq tufli kiyib yurmasa ham bari bir loyga tusholmaydi. (T.Malik) 4. U g‘azabdan portlab ketay deyayotgan bo‘lsa-da Komilga zahrini sochishga botinmadi. (T.Malik) 5. Jamol Bo‘riboev o‘shanda vazir bo‘lmasa ham vazir darajasiga yaqinlashib qaytgan odamlarga xos salobat va vazminlik bilan muomala qildi. (O.Yo.) 6. Biroq uni qabul qilgan “Qishloqtexnika” raisi ishni Bo‘riboevga oshirdi-da, istasin-istamasin kirishga majbur bo‘ldi. (O.Yo.) 7. Yosh bo‘lsangiz ham katta bar tumanga rahnamosiz, Abrorjon. (O.Yo.) 8. Murod semiz bo‘lgani bilan chaqqon edi. (T.Malik) 9. U istamasa ham noiloj borishga majbur bo‘ldi. (O‘.Usm.) 10. Qulflog‘lik tursa turadiki, unga bo‘shatib berilmaydi. (S.Abd.)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. tdpu-INTRANET.Ped
5.www.Google.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |